Jahongir Azimxodjayev

Qo`shiqchi
Jahongir Azimxodjayev

Jahongir.uz Hamal burji ostida Toshkent shahrida tavallud topdi. Jahongir Azimxodjayev 6 yoshidanoq Glier nomidagi musiqa maktabining violanchel bo'limiga bordi. Maktabdan so'ng u O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining musiqa ovoz rejissyori fakultetini tamomladi. 2000-yilda esa Jahongir yakkaxon ijodini boshladi. Xonandaning xit taronasi bu "Qalbimda kuz", "Yolg'izman", "Birga emas", "Bir tiyin" qo'shiqlaridir. Hozirgi kungacha xonanda 40 dan ziyod qo'shiqlarini va "Yolg'izman", "Birga emas" albomlarini o'z muhlislariga taqdim etdi. Jahongir "Ho'ja Nasriddin", "Qani bo'ldi" va "Tutash taqdirlar" filmlariga soundtrek ham yozdi. Xonandalar Sardor Raximxon, Shoxjahon Jo'raev, Kaniza, Leyli, Iroda Nosirova, Oybek va Nigoralar qo'shiqlarining musiqa muallifi hamdir.

Manbaa: http://muz.uz/content/xonandalar/jahongir.uz.html
Sayt foyda berdi!
41786 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi