Jamshid Karimovich Zokirov — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kino va teatr aktyori boʻlgan.
Hayotining soʻnggi yili davomida saraton kasalligi bilan kurash olib borgan Jamshid Zokirov 2012-yil 7-aprelida vafot etdi.
Jamshid Zokirov 11-iyul 1948-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1971-yil Teatr va rassomlik institutini tamomlagan. Oʻzbekiston Milliy Drama teatrida oʻsha davrdan beri faoliyat yuritgan. 1995-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. Iste'dodli aktrisa Gavhar Zokirova bilan turmush qurib, 1 nafar o'g'il farzandni voyaga yetkazishdi. Javohir Zokirov otasi Jamshid Zokirov singari o'z kasbiga chin dildan yondoshib faoliyat yuritib kelmoqda.