Jonibek Subhon she'r va hikoyalari respublika matbuotida e'lon qilingan. Jonibek Subhonning aruz vaznida yozilgan «Bezovta ruh» dostoni buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan.
Таржимаи ҳол
Jonibek Subhon (asl ism-sharifi Jonibek Suvonqulov) 1944 yil 9 iyunda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. Avval shu qishloqdagi yetti yillik, keyin Yomdagi o‘n yillik maktabni 1959 yilda bitirdi.
1962 yilda Samarqand Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirdi va uni harbiy xizmatdan keyin 1970 yilda tugatdi.
1970-1980 yillarda «Sirdaryo haqiqati» gazetasida ishladi, 1980-1984 yillarda O‘zTAGning Sirdaryo viloyati bo‘yicha o‘z muxbiri bo‘ldi. 1984-1986 yillarda Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limida adabiy maslahatchi bo‘lib ishladi. 1986 yildan G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida ishlab keladi. She'r va hikoyalari 1962 yildan beri viloyat va respublika matbuotida e'lon qilingan.
Birinchi she'riy to‘plami «Zangori ufqlar» 1978 yilda chop etilgan.
«Qirralar» (1988), «Ota makon» (1991), «Tazarru onlari» (1993), «Silsila» (1994), «Ro‘yo» (1994) she'riy to‘plamlari nashr etilgan. Shuningdek, u «Senga intilaman» (1987), «Katta hayot bo‘sag‘asida» (1987), «Zamon qo‘ng‘irog‘i» (1990) to‘plamlarining ham muallifi.
Jonibek Subhonning aruz vaznida yozilgan «Bezovta ruh» dostoni buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan.
Hozir u ko‘hna aruz vaznida ijod qilishga e'tibor bermoqda. «Madyanlar fojiasi» dostoni, qator g‘azallari bunga misoldir. Bolalarga atab yozilgan she'rlari, «Suvaraknoma» majoziy dostoni mashhur.
Jonibek Subhonning tarjimai holi, taqdiri, bosib o‘tgan ijodiy yo‘li oddiy. Biroq uning she'riyatini tovlanuvchan, ma'no mohiyatiga ko‘ra falsafiy she'riyat, desa bo‘ladi.
Ayniqsa, uning «Silsila» to‘plamiga kirgan ko‘pchilik she'rlari she'riyat ishqibozlarini befarq qoldirmaydi. Undagi bir qator g‘azallar o‘quvchi xayolini tarixga, zamonga, kelajakka haqiqat va diyonat ko‘zi bilan boqishga da'vat etadi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.