Komiljon Otaniyozov

Qo`shiqchi
Komiljon Otaniyozov
Tavallud sanasi:
20.07.1917
Vafot sanasi:
5.11.1975

Mashhur o’zbek xonandasi, sozanda va bastakor Komiljon Otaniyozov xonandalik san’atini puxta egallab, xalqning hurmat va e’tiboriga sazovor bo’lgan, bastakor sifatida ham samarali ijod etgan, o’zbek qo’shiq san’atining nodir namunalarini ijro etib, chet el qo’shiq muxlislarining ham olqishlariga sazovor bo’ldi.

Sozanda va xonandalikda erishgan yutuqlarini, bu murakkab san’at turlarining nozik sirlarini shogirdlariga qunt bilan o’rgatib, ko’plab iste’dodli sozanda va xonandalarni ham tarbiyalab voyaga yetkazdi.

Iste’dodli o’zbek xonandasi va sozandasi Qomiljon Otaniyozov «O’zbekiston xalq artisti», «Turkmaniston xalq artisti» «Qoraqalpog’iston xalq artisti» unvonlari va «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.

Mashhur o’zbek xonandasi, sozanda va bastakor Komiljon Otaniyozov 1917 yilda Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi Bo’yrachi qishlog’ida tug’ilgan. Dastlab Xorazm maqomlarining ashula yo’llarini M.Xudayberganovdan o’rgangach, 1952—1956 yillarda Toshkentdagi Hamza nomidagi musiqa bilim yurtida, 1955-1956 yillarda Toshkent Davlat konservatoriyasida ta’lim oldi. 

1936—1940 yillarda Shovot tuman teatrida xonanda va rejissyor, 1941—1943 yillarda Xiva xalq teatrida, 1943—1952 yillarda Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatrida aktyor va xonanda sifatida faoliyat ko’rsatib, Farhod, Tohir, Parfi hofiz va boshqa rollarni ijro etdi. 

1949 yildan Xorazm viloyat teatrida ashula va raqs ansambli tuzib, kontsertlar bera boshlagan K. Otaniyozov 1956—1975 yillarda O’zbek Davlat filarmoniyasi qoshida Xorazm xalq ashula va raqs ansambli, 1967 yilda Xorazmning Shovot tumanida «Feruz» ansamblini tashkil qilishda bosh-qosh bo’ldi.

30-yillarda murakkab xalq ashulalari, Xorazm dostonlaridan qo’shiqlar, Xorazm suvoralari va maqomlarini ijro eta boshladi. Ayniqsa, «Dog’man», Feruz, «O’ynar», «O’lturg’usi», «Segoh» «Ayrilmasun nigoronday», «Ra’noni ko’rdim», «Nigora», «Sayotxon bog’da» kabi qo’shiqlarni maroq bilan ijro etib, muxlislarga manzur etdi. 

U xonandalik san’atini puxta egallab, xalqning hurmat va e’tiboriga sazovor bo’lgandan keyin bastakor sifatida ham samarali ijod etib, «Salom senga Xorazmdan», «Muborak», «Aziz Vatanim», «Salom hind xalqiga», «O’zbekiston», «Xorazm» kabi mashhur qo’shiqlarini yozdi va o’zi ularni katta ixlos bilan ijro etdi.

50-yillarda A. Bobojonov asarlari asosida A. Stepanov bilan «Aziz va Sanam», M. Yusupov va A. Stepanov bilan «Oshiq va G’arib», 1967 yilda A. Bobojonov va M. Muhamedovlar pyesasi asosida S. Hayitboev bilan «So’nggi xon» kabi musiqali dramalarini yaratdi.

Shu bilan birga Xitoy, Hindiston, Birma, Afg’oniston, Kombodja, Tailand kabi xorijiy mamlakatlarda ijodiy safarlarda bo’lib, o’zbek qo’shiq san’atining nodir namunalarini ijro etib, chet el qo’shiq muxlislarining ham olqishlariga sazovor bo’ldi. Sozanda va xonandalikda erishgan yutuqlarini, bu murakkab san’at turlarining nozik sirlarini shogirdlariga qunt bilan o’rgatib, ko’plab iste’dodli sozanda va xonandalarni tarbiyalab voyaga yetkazdi.

Iste’dodli o’zbek xonandasi va sozandasi Komiljon Otaniyozovning o’zbek qo’shiq va musiqa san’atlari ravnaqidagi xizmatlari 1949 yilda «O’zbekiston xalq artisti», 1961 yilda «Turkmaniston xalq artisti» va 1968 yilda «Qoraqalpog’iston xalq artisti» unvonlari bilan taqdirlandi.

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 9 yilligi munosabati bilan o’zbek milliy madaniyati rivojiga qo’shgan ulkan hissasi uchun K. Otaniyozov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

Komiljon Otaniyozov 1975 yilda Toshkent shahrida vafot etdi va o’zi tug’ilib o’sgan qishlog’iga dafn etildi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/otaniyozov_komiljon_
Sayt foyda berdi!
69355 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi