Latif Fayziyev Obidovich

Latif  Fayziyev Obidovich
Aktyor
Tavallud sanasi:
2 yanvar 1929 yil
Vafot sanasi:
21 oktyabr 1994 yil

Fayziyev Latif Obidovich (Toshkent — ) — kinorejissyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1979). O'zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Moskvadagi kinematografiya intstitutini tugatgan (1950). 1941—45 yillar Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor.

1950 yildan "Oʻzbekfilm"da rejissyor. 1986—89 yillar Hamza teatrida bosh rejissyor. 20 ga yaqin hujjatli xronikal filmlar ("Amudaryo", 3 qismli, "Toshkent fontanlari", "Dekameron 76", "Chinor haqida afsona", "Derazalar uchun yasalgan kiprik" va boshqalar) yaratgan. "Boy ila xizmatchi" Fayziyevning birinchi badiiy filmidir. "Amirlikning yemirilishi", (birinchi oʻzbek rangli filmi) "Qutlugʻ qon", "Natashaxonim" (birinchi oʻzbek keng ekranli rangli filmi), "Ikkinchi bor gullash", "Sinchalak", "Ulugʻbek yulduzi", "Vatan oʻgʻlonlari"; "Alibobo va qirq qaroqchi", "Sevgi afsonasi", "Ovchi" (uchchalasi hindlar bilan hamkorlikda), "Oltin junli qoʻy terisi" (sarguzasht film), "Uygʻonish", "Taqdir eshigi" kabi filmlari oʻzbek kinosi rivojiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.

Fayziyev Latif Obidovich oʻzbek kinosida filmbaletga asos solganlardan: "Temur Malik", "Moviy saroy oshiklari", "Jonlangan miniatyuralar", "Eski qalʼa afsonasi" va boshqa "Tojikfilm"da "Uch palma daraxti", "Gang uzra tong" (hindlar bilan xamkorlikda) filmlarini yaratgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). "Shuxrat" medali bilan mukofotlangan (1994).

 

Manbaa: https://uz.wikipedia.org/wiki/Fayziyev_Latif_Obidovich