Latif Mahmudov

Yozuvchi
Latif Mahmudov
Tavallud sanasi:
1933 Iyul 1

U 1933 yilning 1 iyul kuni Toshkent shahar Mirobod mahallasida, xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1951 yili Miroboddagi Temir yo‘l qaramog‘idagi 40-maktabni tamomlab, sobiq O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet) filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kiradi. Uni 1956 yilda muvaffaqiyatli bitirgach, Respublika radiosida mehnat faoliyatini boshlaydi. 1958 yili bolalar va o‘smirlar uchun eshittirishlar Bosh tahririyati tashkil etiladi va unga Bosh muharrir etib tayinlanadi. Latif Mahmudov bu vazifada qariyb yigirma yil faoliyat ko‘rsatib, 1979 yildan sobiq «Yosh gvardiya» (hozirgi «Yangi asr avlodi») nashriyotida bolalar adabiyoti bo‘limini boshqaradi.

Hozirgi bolalar va o‘smirlar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri Latif Mahmudovdir. Shu kungacha adibning o‘ttizdan ortiq kitoblari nashr etilgan.

Bular orasida «Qadrdon ko‘zlar» (1961), «Chinor» (1961) kabi kitoblari ilk ijod namunalari sifatida qadrlidir. Shundan so‘ng muallifning «Ikki o‘rtoq» (1963), «Vafo» (1963), «Chinor» (1964), «Qirg‘iy» (1965), «Sho‘x daryoning siri» (1966), «Bolalar shodligi» (1968), «Ikki dangasa sarguzashti» (1970), «Sirli xat» (1974), «Jasur bolalar» (1971), «Qonga yashiringan odam» (1979), «Eski dutor sirlari» (1980) kabi hikoyalar to‘plamlari, qissa va romanlari talabchan bolalar hamda o‘smirlarning didi, ruhiga mos keladi. Latif Mahmudov dramaturg sifatida «Qirg‘iy olib qochgan bola», «Ali-Vali», «Muhim topshiriq», «Sirli xat» kabi bir qator pyesalar yaratgan. Ular Yosh tomoshabinlar teatrlari sahnalarida hamon o‘ynalib kelinadi. Ayni chog‘da uning bolalar va o‘smirlar hayotidan olib yozilgan asarlari asosida bir qator kinofilmlar yaratilgan.

Latif Mahmudov yaratgan sara asarlar rus, ukrain, belorus, latish, eston, gruzin, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik tillariga ham tarjima bo‘lgan.

Adibning «Tog‘dagi lolalar» kitobi 1984 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining G‘afur G‘ulom nomidagi mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1977 yilda unga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» degan yuksak unvon berilgan. 2000 yilda «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlangan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/mahmudov_latif
Sayt foyda berdi!
41790 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi