Ma’murjon Uzoqov

Qo`shiqchi
Ma’murjon Uzoqov
Tavallud sanasi:
20.04.1904
Vafot sanasi:
12.06.1963

Ma’murjon Uzoqov xushovoz xonanda, xalq hofizidir.U juda erta qo‘shiq aytishga mehr qo‘ygan va avval Mamatbobo va Boltaboy hofizlardan ashula aytishni, Hasan qoridan dutor chalish va yalla aytishni, murakkab ijro uslublarini, katta ashulalar aytishning o‘ziga xos qiyinchiliklari va nozik sirlarini o‘rganib, ko‘p yillar samarali ijod etib, katta hofizlar bilan hamnafas bo‘lib qo‘shiqlar aytdi.

 Xushovoz xonanda, xalq hofizi Ma’murjon Uzoqov 1904 yilda Marg‘ilonda tug‘ilgan.

 1922—1925 yillarda Xudoybergan hofiz, 1926— 1932 yillarda Hasan qori, 1933—1962 yillarda Jo‘raxon Sultonovlar bilan ko‘plab mumtoz, xalq va zamonaviy ashulalarni aytdi.

 Uzoqov dastlab «choyxonalar»da berilgan kontsertlarda qatnashib, 30-yillarda Marg‘ilon teatrida xonanda sifatida faoliyat ko‘rsatdi va qo‘shiqchilikda o‘z o‘rnini topa boshlagach, Toshkentga kelib, 1940—1950 yillarda Muqimiy nomidagi teatrda artist va xonanda bo‘lib ishladi, ba’zi asosiy spektakllarda esa rollar ijro etdi.

 Abdulla va T. Jalilovning «Tohir va Zuhra» spektaklidagi Tohir roli shular sirasiga kiradi. Lekin M. Uzoqov xalq hofizi sifatida tan olingan, tabiatan sahna uchun emas, ashula uchun tug‘ilgan san’atkor edi.

 U 1952—1962 yillarda O‘zbekiston Radiosida xonanda, O‘zbek Davlat estradasida solist sifatida faoliyat ko‘rsatib, Respublikamiz va uning tashqarisida bo‘lgan katta madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.

 Muqimiy, Furqat, Hamza, Habibiy, S. Abdulla she’rlari bilan aytiladigan qo‘shiqlar uning repertuaridan mustahkam o‘rin oldi. Ayniqsa, u aytgan «Ko‘zlaring», «Sayding qo‘yaber sayyod», «Keldim», «Shaydo bo‘libman», «Mustahzod», «Sho‘x jononim mening», «Nasihat», «Parvo etib ket», «Ayrilmasin», «Ko‘zim shahloga tushdi», «Qachon bo‘lg‘aykim», «Tomon keladur», «Dog‘man» kabi xalq qo‘shiqlarini, katta ashulalarni, yallalarni qo‘shiq muxlislari maroq bilan tinglab, estetik zavq oldilar.

 Shuningdek, M. Mirzayev kuy bastalagan «Yakka bu Farg‘onada», «Surating» (Muqimiy), «Nur istab», «Qachon bo‘lg‘aykim» (Furqat), «Bir kelib ketsun» (Hamza) kabi nodir qo‘shiqlar ham uning ijodida muhim o‘rin tutadi.

 Uzoqovning ijodiy mehnati munosib taqdirlandi.

 1939 yilda unga «O‘zbekiston xalq hofizi» unvoni berildi. U 1963 yilda Marg‘ilonda qo‘shiq ayta turib jon berdi.

 Ko‘p hofiz va xonandalar xalq qo‘shiqlarini, yallalarni, ayniqsa, katta ashula aytishdagi uning an’analarini davom ettirmoqdalar.

 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 9 yilligi munosabati bilan o‘zbek milliy madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun M. Uzoqov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

 

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/uzoqov_ma%E2%80%99murjon_
Sayt foyda berdi!
81805 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi