Ma’mura Ergasheva iste’dodli raqqosa va baletmeyster. Ma’mura Ergasheva iste’dodli raqqosa, talantli baletmeyster, yaxshi tashkilotchi sifatida keng jamoatchilikka yaqindan tanilgan, el nazariga tushgan va shuhrat qozongan. U «O’zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni va «Mehnat shuhrati» ordeni sohibasidir.
Iste’dodli raqqosa va baletmeyster Ma’mura Ergasheva 1951 yilda Toshkentda tug’ilgan. Toshkent xoreografiya bilim yurtini va 1977 yilda Toshkent chet tillar institutini tugatgan.
O’zbek Davlat «Bahor» xalq raqs dastasida raqqosa sifatida faoliyatini boshlagan bo’lsa, 1990 yildan shu dastaning badiiy rahbari va bosh baletmeysteridir.
Mukarrama Turg’unboevaning eng yaxshi va sadoqatli shogirdi bo’lgan M. Ergasheva o’zi ijod etgan va sahnaga qo’ygan raqslarida ustozining an’analarini izchillik bilan davom ettirmoqda.
Raqqosa «Munojot», «Tanovar», «Larzon», «Farg’ona ruboiysi», «Lazgi», «Buxorocha larzon», «Dunyoni asrang», «Ko’zlaringni yashirma», «Shoshdiyu ketdi», «Rohat», «Holim so’rma», «Jonon piyola», «Pilla», «Duxtari lola», «O’n sakkiz yoshligim», «Gulsara raqsi», «Marjonlaring», «Daryo toshqin», «Jonon», «Zavqim kelur», «Yovvoyi tanovar», «Asta qiyolab o’tdi», «Ona», «Doira raqsga chorlaydi», «Saname», «Yalla aytayin», «Chorgoh», «Xamsa» asarlariga raqs, «Dilxiroj», «Safti munojot», «Navro’zi ajam» kabi o’zbek mumtoz, maqom va zamonaviy raqslarni nihoyatda go’zal, joziba va mohirlik bilan ijro etdi.
Ma’mura Ergasheva taniqli baletmeystrlar izidan borib, «Bahorim», «Fig’onkim», «Sening qarashlaring», «Navro’zi ajam», «Gul va bulbul», «O’ynasa», «Xayoliy qiz», «O’zbekiston», «Uch doira raqsi», «Bebaholardan», «Yalla aytayin», «Safti munojot», «Buncha go’zal», «Erta bilan turaman», «Buxoracha raqs», «Xorazmcha raqs», «Bilakuzuk», «Xorazmcha qoragul» (kompozitsiya), «Erkalab», «Parvona», «Farg’ona go’zali», «Xeva go’zali», «Andijon polkasi», qirg’izcha, qozoqcha kabi ellikdan ortiq mumtoz, xalq va jahon xalqlari raqslarini nozik did bilan sahnalashtirdi.
Raqqosaning ijro etgan, sahnaga qo’ygan raqslari ba’zan nozik va mayinligi, ba’zan sho’x, erkin va keskin harakatlari, katta jozibasi hamda estetik ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Ustozlari M. Turg’unboeva, I. Oqilov, G. Izmaylova, S. Musheeva, G. Mavaeva, Irismetovalardan raqs san’atining murakkab va nozik sirlarini muttasil o’rganish, izchil ravishda o’z ustida ishlash, tinimsiz mehnat, umuman, o’z kasbiga katta mehr va sadoqat natijasi o’laroq.
Ma’mura Ergasheva tez orada iste’dodli raqqosa, talantli baletmeyster, yaxshi tashkilotchi sifatida keng jamoatchilikka yaqindan tanildi, el nazariga tushdi, shuhrat qozondi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Gulnora Nizomova, Rushana Sultonova, Olima Yoqubova, Roziya Odamboeva va raqqosalardan Yelena To’xtaeva, Gulshana Qurbonboevalarni tarbiyalab voyaga yetkazdi.
Ma’mura Ergasheva 1978 yilda «Doira raqsga chorlaydi» raqsi uchun Gavanada bo’lib o’tgan Yoshlar va talabalar festivalining sovrindori bo’ldi. 1979 yildan O’zbekiston Teatr arboblari uyushmasining a’zosi. 1983 yilda unga «O’zbekiston xalq artisti» faxriy unvoni berilgan bo’lsa, 1999 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.