Madina Mumtoz

Aktyor, Qo`shiqchi
Madina Mumtoz
Tavallud sanasi:
1990-yil 10-oktabr

O'zbek Milliy teatrining aktrisasi, O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Ra'no Yarashevaning farzandi Madina Mumtoz 1990-yil 10-oktabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. 2 yoshligidanoq qo'shiq aytib katta teatr sahnasida rollar ham ijro etib kelgan. Madina "Semurg'", "Sehrli tambur", "Zolushka" bolalar spektakllarida bosh rollarni ijro etgan. 8 yoshidan u "Tantana" bolalar ashula va raqs dastasi ishtirokchisi. S.Rahimov tumanidagi 2-musiqa maktabni, so'ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyini tamomladi. Hozirda O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabasi. Xonandaning xit taronasi "Qo'shchinor" va Diyor Mahkamov bilan kuylagan "Balli" duetidir. 15 dan ortiq qo'shiqlari va "Baxtli yo'l" albomini o'z muhlislariga havola etgan. Abduvohid G'anievning "O'zimdan-o'zimgacha", Bahodir Qosimovning "Yuzma-yuz" filmlarida bosh rollarni ijro etgan. Madina Mumtoz 2010-yilda "Nihol" mukofoti sovrindori bo'ldi.

Manbaa: http://muz.uz/content/xonandalar/madina-mumtoz.html
Sayt foyda berdi!
49289 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi