Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad Qoshg‘ariy

Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad Qoshg‘ariy
Adabiyotshunos, O`rta asr arbobi
Tavallud sanasi:
1029
Vafot sanasi:
1101

Ensiklopediyachi-olim, tilshunos, leksikografchi, etnografchi, folklorchi, geograf va tarixchi, turk tiliga asos solgan.

Mahmud ibn al-Husayni ibn Muhammad Qoshg‘ariyning tug‘ilgan va vafot etgan sanasi, u yaratgan asarlar bizga ma'lum emas. G‘arbiy Ovro‘po tadqiqotchilari fikricha, Qoshg‘ariyning kelib chiqishi Qoraxoniylardandir. Kiborlar avlodiga xosligi esa uning yaxshi tarbiya va ta'lim olganidan bilsa bo‘ladi.

Tadqiqotchilar fikricha, Qoshg‘ariy ona shahrida boshlang‘ich va oliy ta'limni olgach, O‘rta Osiyo madaniyat markazlari hisoblangan Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarida bilim tafakurini boyitishga harakat qiladi. Shundan keyin u Bog‘dodga ta'lim bosqichini davom ettirishga muvaffaq bo‘ladi, va o‘sha yerda turk tili lug‘atini yaratish g‘oyasini ishlab chiqadi.

Qoraxoniylar davri yuqori darajali madaniyatdan buyuk Firdavsiyning “Shohnoma” dostoni bilan qiyoslanishi mumkin bo‘lgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim») – falsafiy-didaktik dostoni va Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asari chinakamiga guvohlik beradi.

“Devoni lug‘atit turk” asari 8 bobdan iborat bo‘lib, u 7000 dan ziyod so‘zni o‘z chiga oladi

Buyuk tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asari Qoraxoniylar davrining noyob durdonasi hisoblanadi. U o‘lmas obida sirasiga kiradi va o‘zida davr tili, adabiyoti, tibbiyoti, tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, hunarmandchiligi va astronomiyasi xaqidagi bilimlarni qamrab olgan.

“Devoni lug‘atit turk”dagi geografiyaga oid ma'lumotlar g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Sababiki, asarida turkiy xalqlar joylashgan hududlar ta'rifini keltirgan va u muallif dunyodagi eng qadimiy turkiy xarita muallifi hisoblanadi. Ushbu xarita XI asrdagi Osiyoning eng qadimiy va ahamiyatli xaritasi bo‘lib, unda geometrik aniq shakllarda tog‘lar, ko‘llar va daryolar ko‘rsatilgan, eng muhim shaharlar va qabilalar qayd etilgan.

Yer yumaloq ekani haqidagi qarashlar qadimdan paydo bo‘lganini bilasiz. Mahmud Qoshg‘ariy bu boradagi fikrlarni ilmiy asosda rivojlantirgan. Yer yumaloqligini tasdiqlovchi u yaratgan xarita o‘z davri uchun g‘oyatda qadrli hisoblanadi.

Vaholanki, Yevropada XVI asrdagina Kopernik (1473—1543) Mahmud Qoshg‘ariy haqligini – yer yumaloqligi, o‘z o‘qi atrofida aylanishini isbotlab berdi.

Mahmud Qoshg‘ariy Qoraxoniylar davlati hukmdori Yusup Qodirxonning evarasi edi. Bu haqdagi xabar “Devoni lug‘atit turk”da uchraydi.

Qoraxoniylar davrida turkiy tildagi adabiyot jadal taraqqiy etdi. Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tillar shevalarini tadqiq qiluvchi asari orqali mumtoz turkiyadabiyot va she'riyat, xalq og‘zaki ijodi ravnaqi uchun zamin hozirladi, turkiy xalqlar adabiy tilini ishlab chiqdi, unga sayqal berdi. Natijada turkiy she'riyatning asosiy janrlari shakllandi, rivojlangan she'riy leksikaga ega istioralar tizimi va nutq vositalari tug‘ildi. Mahmud Qoshg‘ariy jahonda turkiy tilning ijtimoiy lingvistikasi asoschisi, deb tan olinishi bejiz emas.

Yanada muhimi shundaki, “Devoni lug‘atit turk” asarida o‘sha davrning ilg‘or kishilarini o‘ylantirgan hamda turkiy xalqlarning tub manfaatlarini aks ettirgan fikrlar va g‘oyalar jamlangan, shaxs va jamiyatning yanada ijtimoiylashuvi yo‘llari belgilab berilgan. Ko‘p bosqichli falsafiy-axloqiy muammolar, binobarin, boylik va bilimning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi fikrlar chuqur ifodalangan.

Boshqacha aytganda, ilk o‘rta asrlar olimi va ijtimoiy faylasufining qarashlari olam, xalq taqdiri, inson, madaniyat, ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi mushohadalarga yo‘g‘rilgan edi. 

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/mahmud_ibn_al_husayn_ibn_muhammad_qoshg%E2%80%98ariy