Mahmudjon G'ofurov

Aktyor
Mahmudjon G'ofurov
Tavallud sanasi:
1917
Vafot sanasi:
2000

O‘zbek san’ati ustasi Mahmudjon G‘ofurov 1917 yilda Toshkentda tug‘ilib, hayotda, san’atda poklik, halollikning timsoli sifatida uzoq va mazmunli umr kechirdi.

«Otam yoshligimda o‘lib ketganlar, — deb hikoya qilgan edi Mahmudjon aka — Onamning qo‘lida tarbiya oldim. Shuning uchun ham maktabga kechikibroq bordim. 1927 yildan boshlab Oxunguzardagi Hofiza maktabida arab alifbosida o‘qidim. 1935 yilda Balamachitdagi Lohutiy nomidagi texnikumda o‘qib, uni 1939 yilda bitirdim. Shoir va dramaturg Turob To‘la ham biz bilan shu texnikumda o‘qigan.

Yoshligimdan mehnatga o‘rganganman. O‘n yasharligimdan dehqonchilik qilganman. Changalzor mavzesida bizning katta yerimiz bo‘lar edi. Bir gektar yerga qovun, tarvuz, kartoshka, piyoz, kungaboqar ekkan edim. Imorat qurar edim, paxsa devor urar edim. Sigirimiz bo‘lardi. Qora mehnatdan hech qachon qochmaganman.

1935-1940 yillarda O‘zbekiston radio qo‘mitasida xor artisti sifatida faoliyat ko‘rsatdim. Radiodagi xorni biz tashkil qilganmiz. 1937 yilda sobiq Ittifoq Radio qo‘mitasining Moskvada bo‘lgan xor festivalida qatnashib, birinchi o‘rinni olib kelganmiz.

1938 yilda o‘zbek xoridagi faoliyatim uchun tashakkurnoma olganman. 1939 yil may oyidan boshlab Muqimiy nomidagi O‘zbek Davlat musiqali teatrida aktyor sifatida ishlay boshladim va asta-sekin teatr san’atida o‘z o‘rnimni topa boshladim».

Mahmudjon G‘ofurov tabiatan ta’bi nozik, adabiy tilni puxta egallagan, kamgap, doimo o‘ziga qarab yura-digan, ozoda va tartibli kiyinadigan, egniga gard yuqtirmaydigan, sakson yoshida ham qaddi tik, xushsurat, yuksak madaniyatli inson edi. O‘zbek teatr san’ati ravnaqidagi buyuk xizmatlari uchun 1940 yilda «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni va qator orden va medallar bilan, mustaqillik yillarida esa «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

Mahmudjon G‘ofurov 2000 yilda vafot etdi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/gofurov_mahmudjon_
Sayt foyda berdi!
67599 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi