Matniyoz Yusupov

Matniyoz Yusupov
Bastakor, Qo`shiqchi
Tavallud sanasi:
01.01.1925

Uzbekistonda xizmat kursatgan san’at arbobi,Uzbekiston Davlat mukofotining sovrindori,professor Matniyoz Yusupov 1925y. 1 yanvarda Xorazm viloyati, Urgench shaxrida xizmatchi oilasida tavallud topdfi.

Matniyoz Yusupovning otasi Abdalniyoz Yusupov ham san’atni sevib qolmasdan tuzukkina dutor chaladigan sozanda ham bo'lgan. Otaning xonadonida xofizasi keng maqomdonlar-Xojixon Boltayev, Madrahim Yoqubov Sheroziy, Jumaniyoz Xayitboyevlar tez-tez mehmon bo'lib turishgan va ularning ijrochilik maxorati yosh Matniyozni murg'ak qalbini chulg'agan.

Bu qiziqish Matniyoz Yusupovni maktabda o'qib yurgan chog'larida skripkachi Sobirjon Yoqubov rahbarlik qilgan musiqa to'garagiga yetakladi va Sobirjon akadan skripka chalishni o'rgana boshladi. Matniyoz Yusupovning murg'ak qalbiga ilhom berib turgan otasi Abdalniyoz Yusupov 1935 yilning may oyida dunyodan o'tadi. Ota chalgan va mashxur mashshoqlar chalgan dutor yodgorlik bo'lib qoldi va Matniyoz Yusupovni ijodiy faoliyatida umrining oxirigacha bu dutor ma’naviy ilhom berdi.

Matniyoz Yusupov 1940 yili yettinchi sinfni tamomlab viloyat teatri qoshida tuzilgan estradaga sozanda bo'lib ishga kiradi. Bu yerda san’atkorlardan ko'pgina ashula va kuylarni, ijrochilik an’analarini o'rganadi. Ayniqsa, mashxur sozanda, maqomchi Matpano ota Xudoyberganovga shogird tushib, Xorazm maqomlarini o'rganishga intilgan.

Maqomlari sirlarini o'rganayotgan kunlarda 2-jahon urushi boshlanib,1943 yilning aprel oyida fashist bosqinchilariga qarshi kurashish uchun Vatan himoyasiga otlanadi. Amudaryo soxillarida bo'lgan hayrlashuv onlarini shunday eslaydilar:

<

Og'a-ini, do'st-yoronlar,
Hush endi,
Oq sut bergan onajonlar,
Hush endi!

Degan so'zlar bilan boshlangan ashulani aytganimizda hammaning ko'zida sevinch va g'azab yoshlari balqigan edi.

Biz Buxoroda tajribali komandirlardan harbiy ta’lim oldik, qurol turlarini, undan foydalanish, otish yo'llarini o'rgandik. O'sha kunlarda barcha jang maydonlarida Sovet qo'shinlari qizgin hujumlarni davom ettirib, fashist bosqinchilariga qaqshatkich zarba berib, Vatanimiz tuprog'ini ozod qilib borardi.

Harbiy eshelon Ukraina tuprog'iga kelib, yosh jangchilar 2-Ukraina frontida harakat qilayotgan qismlarga bo'lindilar. Men xizmat qilgan Harbiy qism Ukrainaning yirik shaharlaridan Chernigov, Xarkov va Poltavani dushmandan ozod qilib, Kremenchuk shahri atrofida jang olib borardilar. Dushman shaharni quldan bermaslik uchun jon-jahdi bilan qarshilik ko'rsatardi.

Shahar olti marta quldan-qulga o'tdi. Shu janglar vaqtida bir necha yaralandim va davolanib hujumni davom ettirardim. 1944 yilning qaxraton qishi 14 yanvar tong otarida dushmanning 10 ta tanki qism jangchilari egallab turgan pozitsiyaga to'plardan o't ochib, bostirib kela boshladi. Rota komandiri yonida tankga qarshi otadigan granatalarni shaylab turgan paytda oldimizda snaryad portladi. Uning parchalari o'ng oyog'imga tegdi. Hushimdan ketib yerga yiqildim. Hamshiralar meni jang maydonidan olib chiqib, birinchi yordamdan so'ng medsanbatga yetkazib, tez operatsiya yordamida o'ng oyog'imni kesib tashlashibdi. Ko'p qon yo'qotganimni hisobga olib, meditsina xodimlari qon quyib qarashgan, besh-olti kundan so'ng, hushimga kelib ko'zimni ochdim.

Tez orada boshqa yaradorlar qatori meni ham davolash uchun Bokudagi Harbiy gospitalga olib keldilar. Mana shu og'ir damlarimda ham musiqa, xalqimning ijodiyoti menga hamroh bo'ldi. Xalqimning musiqa xazinasiga bo'lgan mehrim, meni Ozar xalkining san’atiga intiltirdi.

Qo'ltiq tayoq bilan yuradigan bo'lib qolganimda bu yerda ilk bor Ozar xalqining opera teatrida bo'lib, Uzeir Xojibekovning << Ko'r o'g'li>> operasini tomosha qildim. Bu asar ajib kuy va ariyalari bilan menda katta ta’surot qoldirdi. Chunki bu yoshligimda Xorazm baxshilari tomonidan eshitib kelgan sevimli doston <> musiqaviy saxna asarida o'z aksini topgan edi. Bundan tashqari <>, <>,<>operalarini tomosha qilib, ozor xalq musiqasining sirlari, nafis kuy-qo'shiqlaridan baxramand bo'ldim.

1944 yili 19 yoshli Matniyoz Yusupov qadrdon diyoriga qaytib keladi. U Xorazm viloyat musiqali drama va komediya teatrida sozanda bo'lib ishlay boshlaydi.

Uning san’atga bo'lgan mehri, kuchli ishtiyoqi kishini maftun etuvchi shirali ovozi, rubob, g'ijjak, skripka torlarini yoqimli va hushnavo sayratishi teatrdagilarni uziga jalb etib, yosh ijodkorga alohida e’tibor beradilar. Matniyoz Yusupov o'zbek bastakorlik an’analarini o'zlashtirgan holda yaratgan yangi qo'shiq va kuylarini sozanda va xonandalarga o'rgatadi.

Matniyoz Yusupovning xalq musiqa xazinasiga intilishi Xorazmning Mashxur maqomdoni Matpano Xudoyberganov dargohiga yetaklaydi. U kishiga shogird tushib maqom sirlarini o'rgana boshlaydi. Matniyoz Yusupov uzining <> maqolasida : <> maqomidan parchalar yoza boshladim. 1950 yilgacha maqomlarni kupgina chertim va aytim qismlarini notaga olishga muyassar bo'ldim. 1950 yil boshlarida Toshkentga musiqashunos olim Ilyos Akbarovga xat yozib, qilayotgan ishlarim tug'risida maslaxat so'radim. Ilyos aka 30 aprel 1950 yilda yozgan xatida: Maktubingizni oldim. Boshlagan ishingizni natijasi qanday bo'lishidan qat’iy nazar juda yaxshi va xayrli ishga qo'l urgansiz. Albatta, bu ishni oxiriga qadar davom ettirishingizni maslaxat beraman. Ishingizda kamchilik va xatolar bo'lishi mumkin. Atoqli sozandalarni to'plab, yozgan notalaringizni chalib bering, ishingizni qanchalik to'g'ri ekanligi to'g'risida ularni fikrini bilib, yig'ilishda qaror chiqarilsin. Yigilish qarori bilan ishingizni menga yuborsangiz buni bosilib chiqishida yordam beraman. Agar meni yordamim kerak bo'lsa xat yozing. Ilyos Akbarov. Xatni olganimdan so'ng menda maqomlarni to'la qismini yozib olish va nashr qildirish ishtiyoqi paydo bo'ldi. Ammo, ma’lumotim kamligi uchun ustozim Matpano Xudoyberganovdan o'rgangan maqomlarni, o'zim yaratgan kuy va kushiqlarlarni notaga tushirishga qiynalardim” deb yozadi .

Bo'lajak bastakor buning uchun o'qishi, maxsus musiqiy ma’lumot kerakligini tushunadi va 1951 yili Matniyoz Yusupov, Komiljon Otaniyozov, Abdusharid Otajonovlar bilan Toshkentdagi Xamza nomidagi musiqa bilim yurtiga uqishga kirishadi. 1955 yili uni muvaffaqiyatli tamomlab ,Toshkent Davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida o'qiy boshlaydi.

Musiqa bilim yurtida o`qib yurgan yillari bu uch san’atkor Komiljon Otaniyozov boshchiligida o`zlarining shirali ovozlari bilan, so`zlari bilan Respublikamiz mexnatkashlarining olqishlariga sazovor bo'lgan. Matniyoz Yusupov, Komiljon Otaniyozovga gijjakda, skripkada va qo'shiq aytishda jo'r bo'lgan bo'lsa Abdusharif Otajonov doirada jo'r bo'lganlar. Matniyoz Yusupov konservatoriyaning talabalik yillarida qo'liga tor olib, o'zining lirik ovozi bilan poytaxtimiz Toshkentning kontsert zallarida,radio tulqinlari orqali “Qorasoching”, ”Ustozingdan ayrilma”, "Jon ustina”, ”Feruz” kabi qo'shik va g'azallarni ijro etib, xalqimiz dilidan o'rin ola boshladi. Matniyoz Yusupov talabalik yillarida professor Boris Nadejdindan kompozitsiya bo'yicha va Aleksey Kozlovskiydan instrumentovka bo'yicha ta’lim oldi. Keyingi yillarda kompozitor Boris Zeydmanning qimmatli maslahatlaridan bahramad bo'lib, xalk musiqa durdonalariga bo'lgan qiziqishi mustaxkamlanib, o'qish yillarida ko'plab orzu qilib, to'plab yurgan ishi Xorazm maqomlari va xalq doston kuylarini o`rganish va notaga olishga kirishdi.

Atoqli Davlat arbobi, sevimli publitsist, yozuvchi Sharof Rashidov tashabbusi bilan nashr qilingan “O'zbek xalq musiqasi” to'plamiga 1958 yilda 6-tomiga “Xorazm maqomlari”, 1960 yilda 7-tomiga “Xorazm suvoralarini” 1962 yilda 9-tomiga “Xorazm doston hamda xalpa qo'shiqlari” jamlanib, Matniyoz Yusupovning uzoq yillik samarali mehnati musiqa ihlosmandlariga yetkazildi. Matniyoz Yusupovning ijodiy faoliyati konservatoriyada talabalik yillarida jiddiy boshlanib ketdi. San’atkor talabalik yillarida xonanda sifatida xalq dilidan o'rin oldi va makomshunoslik ishlari bilan birga kompozitorlik ijodini uzviy ravishda davom ettirdi.

1959 yilda K.Otaniyozov, Stepanov bilan hamkorlikda “Oshiq G'arib va Shoxsanam” musikali dramasi Toshkentda Muqimiy nomli musiqali teatrda saxnalashtirildi. Shu teatrda 1962 yilda Axmad Bobojon Pyesasi asosida atoqli shoir Avaz O'tar hayotiga bag'ishlangan “G'azal Fojiasi” ,1963- yilda Tursun Sobirov pyesasi asosida “Uch bahodir”, “Qaydasan hayot” 1976- yilda Hayitmat Rasul pyesasi asosida “Muqaddas diyor” nomli musiqali dramalari saxnalashtirilib, xalq tomonidan tamosha qilindi. Matniyoz Yusupov 1960- yilda Axmad Bobojon librettosi asosida bir pardali “Bo'z o'g'lon” operasini yozib diplom ishiga tavsiya qilib Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetini Oliy darajada yakunladi. Opera yozish uning oldida turgan yagona maqsad edi. Uch yil davomida u Xamid G'ulomning librettosi asosida opera yozish uchun tinmay ishladi.

Nihoyat “Xorazm qo'shig'i” Navoiy nomli opera va balet teatrida 1964-yilda tomoshabinlar tomonidan qizgin kutib olindi. 1964-yilning dekabr oyida Moskvada O'zbekiston san’atining 10-kunlik dekadasi bo'lib o'tdi. Shunda Moskvalik tomoshabinlar Kreml saroyining katta zalida “Xorazm qo'shigi“ operasini o'zbek tilida ko'rib tinglaganlar. Ular o'zbek san’atkorlarining har-bir chiqishlarini qarsaklar bilan kutib oldilar. Albatta, bu olqishlar bastakor mehnatiga berilgan baho edi. Matniyoz Yusupov yana bir yirik asarga qo'l urdi. Bu O'.Umarbekov lib Rettosi asosida “Gulsanam” baleti edi. Balet tomoshabinlarga 1974-yilda Samarqand opera va balet teatrida taqdim etildi. So'ngra shu saxnada 1984-yilda M.Muxamedov librettosi asosida “Chevar qiz” operasi saxnalashtirildi.

Shuningdek bastakorning Xorazm viloyat teatrida “Dil ko'zgusi” (Xamid G'ulom pyesasi), “Millioner ug'li” (T.Teshaboyevning asari), ”Tungi Faryodlar”(Mirzakarim Boboyev pyesasi), ”Tun va noxun, Respublika o't ichida“ (Yunus Yusupov asarlari), “Tug'on “(Omon Matchon pyesasi), Namangan viloyat teatrida “Qaychi qudalar. O'lim bilmagay aslo muhabbat" (Rahima M. pyesasi) musiqiy asarlari viloyat teatrlarida saxnalashtirildi. Matniyoz Yusupov yuqorida aytilgan maqomning 6-tomi bilan cheklanib qolmasdan, balki eng nafis didli maqomshunos olim sifatida hayot bo'lgan ustozlardan o'rganib kelayotgan ishlarini yana yuzaga chiqardi.

G.Gulom nashriyotida 1980-1987 yil. chop etilgan 3 tom 5 kitobdan iborat ”Xorazm maqomlari”, o'zbek musiqa xazinasiga qo'shilgan bitmas tuganmas boylikdir. Shu qilgan ulkan ishi uchun muallif 1991 yili O'zbekiston davlat mukofoti sovrindori bo'ldi. Matniyoz Yusupov lirik xonanda, xofiz sifatida ”Feruz”, ”Kush parda suvora”, ”Savti suvora”, ”Bazmimga keldi”, ”Chapandozi suvora”, ”Feruz2”, ”Ayro solding”, ”Mo'g'ilcha uforisi”, ”Faryod narsi”, ”Nasrullo”, ”Tarona”, ”Buzruk talqini”, ”Jon ustina”, ”Dugoh”, ”Jonim sadxa”, ”Aqlu odobdandur”, ”Qoshing xilolidir”, “Bog' saylina galdim”, ”Talqini rost”, ”Qora soching”, ”Chorgox”, ”O't endi gunohimni”, ”Gulandomim”, ”Yozmishlar”, ”Hush keldingiz”, ”Noz uyqusidan uyg'ot”, ”Dildoring kelur”, ”Sen bilan”, ”Jonona ekansiz”, ”Ikkinchi savti suvora”, ”Chorgoh birinchi”, ”Rajabiy-1”, ”Sarparda-1”, ”Dildorga mushtoq” kabi klassik shoirlarning g'azallarini kuylagan. Bu qushiqlarning hammasi O'zbekiston radiosi fonotekasidan o'rin olib shu kungacha radio tinglovchilarni bahramand etib kelmoqda.

Bastakor Matniyoz Yusupov ijodiy faoliyati davomida “Bilmaguncha”, ”Shod bo'lsin”, ”Xorazm”, ”Yulduzlar”, ”Ayol xayoli”, ”Baxor Navosi”, ”Assalom Gulchehra”, ”Ishq kuyida”, ”Soat sanadim”, ”Bilmadim”, ”Hijron”, ”Kelibdur”, ”Yorimga ayting”, ”Alla”, “Salomingdan”, ”Baraka chanog'i”, ”Afg'on rubobi uchun pyesa“, “Yal-yal yonadi”, “Paxtamiz”, “Sevgi sururi”, “Bu tuproq”, “Ulug'ligim “, “O'lka”, “Oq qush“, “Sevindim”, “G'alabamiz bayrami”, “Yor kelibdi“, “Pyesa”, ”Joningdan aylansun”, “Umring o'tar e’zoz bilan”, “Saloming Bo'lmasa“, “Qalbi daryo”, “Yoshlik gul bahorim“, “Hamdamim bo'l”, ”Nigor”, ”Guli Ra’no derman”, ”Cho'lquvarlar qo'shig'i”, ”Chorvoqdan dovrug' solay”, ”Bir diyorki” kabi zamondosh shoirlarimiz tomonidan yozilgan qo'shiqlarga kuy bastalab, san’atkorlarga o'rgatdi. Bu qo'shiqlar ham hozirgi kunda O'zbekiston radiosi fonotekasida munosib o'rin olib, radio to'lqinlari orqali taralmoqda.

Kompozitor Matniyoz Yusupovning asarlari qatori simfonik syuitalar, koneanta ”Tasanno ishchilar”(Xamid G'ulom she’ri), ”Simfonik poema”, ”Qahramonona simfonik uvertyura“, “Tuyamuyin taronalari“, (Erkin Samandarov she’ri),

Vokal instrumental syuita va bir necha o'zbek Xalq cholg'u asboblari uchun yozilgan yirik asarlari O'zbekiston Radiosi fondidan o'rin olgan. Matniyoz Yusupovning G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida 1976-yilda “Xorazm qo'shig'i “operasidan, “Dil ko'zgusi” musikali komediyasidan, 1977-yilda “Gulsanam “ baletidan, 1989-yilda “G'azal fojeasi“ musiqali dramasidan parchalar chop qilinib kitob holida musiqa ihlosmandlariga taqdim etildi.

Kompozitor Matniyoz Yusupov qo'shiq janrida ham sermahsul ijod qilib keldi. U o'z qo'shiqlarida, o'zbek shoirlari bilan hamkorlikda zamonasini, Vatanimizni, yoshlikni, xalqlar do'stligini sevgi-muhabbatni kuylab, sharaflab keldi. Bunday mavzularda yaratilgan qo'shiqlar, romanslar, “Bolalarga fortepiano uchun” 1969 yil. “Maxliyo” 1971yil. “Shodiyona” 1977 yil. “Bir diyorki“ 1981yil. “Guldastalarga” 1985 yil. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti tomonidan qo'shiq shaydolariga tavsiya etilib, to'plamlarda o'z ifodasini topdi.

San’atkor 12 tadan iborat xar-xil to`plamlar, o'rta va oliy musiqa bilim yurtlari uchun notalashtirish hamda o'zbek musiqa tarixiga oid qo'llanmalar yaratdi. Asarlari qatori musiqa madaniyatimizni targ'ib etuvchi maqolalari, maqomchilar haqida monografiyalari Respublika gazeta va jurnallarda chop etildi.

Matniyoz Yusupov o'zbek musiqa san’atini rivojlantirib O'zbekiston radiosi musiqali yozuvlar tahririyatida katta muharrir,1967-1972 y. Musiqa bilim yurti direktori, 1972-1974yil. O'zbek Davlat filarmoniyasi Urgench qoshidagi “Lazgi” ashula va raqs ansamblining badiiy raxbari bulib ishladi.

Umrining oxirgacha Toshkent teatr va rassomchilik istituti an’anaviy qo'shiq kafedrasida, Toshkent Davlat Madaniyat instituti madaniy oqartuv fakultetida talabalarga saboq berdi.

Matniyoz Yusupovning ustozi maqomchi (Xorazmlik) Matpano ota Xudoyberganovdan Xorazm maqomlarini yozib olayotgan payti (1950-60 y)

Javohirlar xazinaboni ustoz xonanda, sozanda va bastakor Matniyoz Yusupovning O'zbekiston musiqasi madaniyati soxasidagi xizmatlari yuksak va munosib taqdirlanib, ko'plab orden va medallar bilan mukofotlandi. Ulkan san’atkor, taniqli jamoat arbobi Matniyoz Yusupovning yorqin siymosi va ijodi uning ko'p sonli muxlislari, musiqasevar xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.  

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/yusupov_matniyoz