Melis Oripovich Abzalov

Melis Oripovich Abzalov
Aktyor, Rejissyor, ssenariychi
Tavallud sanasi:
1938-yil 18-noyabr

Melis Abzalov — oʻzbek aktori, rejissori va ssenariychisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1987). Abzalov oʻzbek kinosining asoschilaridan va eng yorqin namoyondalaridan biri hisoblanadi. Melis Abzalovning eng mashhur filmlari „Suyunchi“(1982), „Kelinlar qo‘zg‘oloni“ (1984), „Armon“ (1986) va „Oʻtgan kunlar“(1997) filmlaridir.

Melis Oripovich Abzalov  Yangiyo‘lda tavallud topgan. U 1961-yil Toshkentdagi Ostrovskiy Teatr Institutini bitirgan. 1962-yil „Oʻzbekfilm“da ishlashni boshlagan. Abzalov 1961-yil Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan. 1961-1962-yillar Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor boʻlib ishlagan. 1962-1965-yillar „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissyor assistenti, keyinchalik rejissyor va aktyor, 1989-yildan „Vatan“ kinostudiyasining badiiy rahbari boʻlib faoliyat yuritgan.

Abzalov ijodiga komediya janridagi filmlar yaqin boʻlib, ular oʻziga xos milliy boʻyoqlarga boyligi, xarakterlarning toʻliq ochilganligi bilan ajralib turadi. Filmlarida yengil lirika oʻtkir satirik epizodlar bilan uygʻunlashib ketadi.

Abzalov aktyor sifatida Abdulla („Yettinchi oʻq“), Olloyorboy („Inson qushlar ortidan boradi“), Eshon Zaynullo („Qoʻqon voqeasi“), Qorashoh („Arslonning sarguzashtlari“) va boshqa obrazlarni yaratgan. Rejissor sifatida „Chinor ostidagi duel“, „Suyunchi“, „Kelinlar qoʻzgʻoloni“, „Armon“, „Maysaraning ishi“, „Koʻzlarim yoʻlingda“, „Oʻtgan kunlar“ kabi filmlarni ishlagan.

 

Manbaa: http://www.wikiwand.com/uz/Melis_Abzalov