Muhammad Ali Ahmedov

Yozuvchi, O`qituvchilar, Shoir, Tarjimon
Muhammad Ali Ahmedov
Tavallud sanasi:
1942 Mart 1

Iste’dodli shoir, publitsist, adib va tarjimon Muhammad Ali adabiyotga 50-yillarning oxirida kirib keldi. Unga 1992 yil «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvoni berildi. 1999 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

Iste’dodli shoir, adib va tarjimon Muhammad Ali (Ahmedov Muhammad Ali) 1942 yil 1 martda Andijon viloyatining Bo‘z tumanida, dehqon oilasida tug‘ildi. 1959 yili Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi Navoiy nomli o‘rta maktabni bitirdi, so‘ngra Bekobod qum-shag‘al karerida ishladi.

Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil oldi (1966).

Andijon va Farg‘ona viloyatlari maktablarida o‘qituvchilik qildi. «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim (1966), G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir (1967), bo‘lim mudiri (1975), bosh muharrir (1982), O‘zbekiston televideniyesi adabiy-dramatik tahririyatida bosh muharrir (1985), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy tarjima va adabiy aloqalar markazi raisi (1989), Toshkent Davlat universitetida professor (1993), etika va estetika kafedrasi mudiri (1994), Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamg‘armasida boshqaruv raisi (1999-2003) bo‘lib ishladi. 2003 yildan Xalqaro Amir Temur xayriya jamg‘armasi boshqaruvi raisi. 1992 yildan AQShning Vashington universitetida o‘zbek tilidan saboqlar berib keladi.

Muhammad Ali adabiyotga 50-yillarning oxirida kirib keldi. Dastlabki she’ri 1957 yilda matbuotda e’lon qilingan.

Shoirning 30 ga yaqin she’riy kitoblari nashr etilgan. Bular orasida «Fazodagi hislar» (1967), «Shafaq» (1968), «Otalar yurti» (1970), «Alvon chechaklar» (1973), «Dostonlar» (1974), «Ninachi haqida ertak» (1976), «Oq nur» (1977), «Ilhom parisi» (1980), «Boqiy dunyo» (1981), «Sevsam, sevilsam» (1983), «Gumbazdagi nur» (1985), «Sen bir gulsan» (1989), «Ona duosi» (1994), «Saylanma» (1997) kabi kitoblari ajralib turadi.

Muhammad Ali ijodida «Mashrab», «Gumbazdagi nur», «Zaminda yashaymiz», «Muhabbat» dostonlari, «Boqiy dunyo» she’riy romani, «Sarbadorlar» va «Ulug‘ saltanat» tarixiy romanlari katta o‘rin tutadi.

Muhammad Ali publitsist sifatida dadil qalam tebratib kelmoqda. «O‘z-o‘zingni anglab yet» (1988), «Haqiqatdan chekinma, Tarix!» (1990), «Qafasdagi bulbullar» (1996) maqolalarida tariximizning dolzarb masalalari haqida bahs yuritiladi. «Oshiq bo‘lmay Haq diydorin ko‘rsa bo‘lmas» (1992), «Men ko‘rgan Amerika» (2000) «Amir Temur chamani» (2006) kitoblari adabiy-ilmiy jamoatchilik tomonidan samimiy kutib olindi.

Badiiy tarjima adib ijodida yetakchi o‘rinni egallaydi. Qadimgi hind eposi «Ramayana» (1978), qoraqalpoq eposlari «Shahriyor» (1977), «Masposhsho» (1985), Robert Byorns (1971), Galaktion Tabidze (1982) larning she’riy kitoblari shoir tarjimasida chop etildi. Shuningdek, Hoqoniy, Shiller, Bayron, Pushkin, Lermontov, Maxtumquli, Abay, Tagor, Hamzatovlarning ayrim asarlari Muhammad Ali tomonidan tarjima qilindi. «Ramayana» poetikasining o‘zbekcha talqiniga bag‘ishlangan tadqiqoti uchun tarjimashunos olimga filologiya fanlari nomzodi (1992) ilmiy darajasi berildi.

Shoir asarlari jahonning yigirma beshdan ortiq tillariga tarjima qilingan. Muhammad Alining o‘zbek adabiyoti ravnaqiga qo‘shgan hissasi hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Unga 1992 yil «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» faxriy unvoni berildi, 1999 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi. «Shahriyor» eposi tarjimasi uchun Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat mukofoti berildi (1984).

U hozir Amir Temur davri haqida asarlar yaratmoqda. Hozirgacha «Jahongir Mirzo» (2003), Umarshayx Mirzo» romanlari (2006) bosilib chiqdi. 2005 yilda uning «Abadiy sog‘inchlar» roman-xronikasi chop etildi.

 

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/ahmedov_muhammad_ali
Sayt foyda berdi!
86870 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi