Qoriyoqubov Muhitdin (1896 - 1957) - ashulachi, opera xonandasi (baritone), aktyor, o‘zbek musiqali teatri asoschilaridan. Turkiston Respublikasining birinchi xalq hofizi (1923), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanat arbobi (1930), O‘zbekiston xalq artisti (1936). Dastlab eski maktab, 1912-1914 yillarda madrasada tahsil olib, qiroatni yaxshi egallagan, qori sifatida ham tanilgan.
Yoshligidan xalq ashulachilik ananalarini o‘zlashtirgan. Qoriyoqubov, ayni paytda yangi san'at shakllariga qiziqib, Farg‘onada mahalliy sozandalardan iborat ilk puflama sozlar orkestrlarida ishtirok etgan, orkestrni tashkil etgan (1916). Konsertlarda faol qatnashib, xalq va mumtoz ashulalar (“Yo‘l bo‘lsin” , “G‘ayra-g‘ayra” , “Olmacha anor” , “Ko‘cha bog‘i”) ni ijro etgan. Farg‘ona o‘lka musulmon siyosiy dramatik truppasida aktyor, rejissyor (1918-1920) va rahbar (1921) bo‘lib, Farg‘ona va Zakaspiy frontlari va hududlarida madaniy xizmat ko‘rsatgan. Bu davrda Solihboy, Fotih, Qo‘rboshi, Qosimjon (“Boy ila xizmatchi”, “Farg‘ona fojiasi”, “Tuhmatchilar jazosi”, Hamza ) obrazlarini ilk bor sahnada gavdalantirgan.
Toshkentda K. Shorshteyn teatr - studiyasi (1919), Moskvada teatr sanati instituti (1922-1924)da tahsil olgan. Tamaraxonim bilan “Sharq kechalari” (Moskva), Jahon amaliy sanat ko‘rgazmasi (1925, Parij), shuningdek Berlin konsert sahnalarida o‘zbek qo‘shiq, yalla va laparlarini yangicha talqin etib, zamonaviy o‘zbek sanatini ilk bor Yevropada targ‘ib etgan. 1926 yil Samarqandda O‘zbek davlat sayyor konsert etnografik truppasini tashkil qilgan, u bilan Rossiya, Tatariston, Gruziya va boshqa joylarda gastrolda bo‘lgan. Qoriyoqubov Qo'qon va Andijon musiqali teatrlari shakllanishida ham faol ishtirok etgan. 1927-1928 yillarda bu teatrlarda badiiy rahbar, rejissor, (M. Miroqilov bilan) sifatida qatnashib, teatr jamoalarini qayta tuzgan, o‘zi spektakllarda bosh rollarni o‘ynagan: Nemat ( “Halima”, G‘. Zafariy), Farhod (“Farhod va Shirin” , Xurshid pesasi, Sh. Shoumarov, To‘ychi hofiz va Yu. Rajabiylar musiqalashtirgan), Sultonbek (“Arshin mol olon” , U. Hojibekov) va boshqa Konsert-etnografik truppasi zaminida O‘zbek davlat musiqali teatrini tashkil qilgan, uning aktyori, direktori va badiiy rahbari bo‘lgan (1929-1933).
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.