Munavvara Abdullayeva 1950 yilda Marg‘ilon viloyatida tavallud topgan.
1968-1971 yillarda Marg‘ilon reja-iqtisod texnikumida tahsil olgan.
1971 yilda Toshkent Davlat San’at institutining "Teatr va kino aktyorligi” bo‘limiga o‘qishga kirib, 1975 yil muvaffaqiyatli tamomlagan.
Institutni bitirganidan so‘ng, u tahsil olgan kursni yo‘llanma bilan Sirdaryodagi Olim Xo‘jayev nomli teatrga yuborilib, u yerda bir yil ishlagach, Toshkentga qaytgan. 1976-78 yillarda Moskvaga borib, Moskva Davlat Teatr san’ati institutida pedagogika bo‘yicha aspiranturada o‘qigan.
Shuni barobarida teatrlarda, rejissuradan ham amaliyot o‘tagan. O‘sha davrdagi san’at darg‘alaridan Oleg Tabakovni kursiga, Vladimir Andreyevni kursiga, Andrey Goncharovni teatriga borib, dars olgan. 1978 yildan O‘zbekiston Davlat San’at Institutining "Drama va kino san’ati” fakulteti, "Drama va kino san’ati” kafedrasining dotsenti. Teatr rejissyori.
1989 yildan buyon O‘zbek Milliy Akademik drama teatri sahnasida "Chimildiq”, "Andishali kelinchak”, "Bevalar”, "Dadajon demayman” kabi turli mashhur spektakllarni sahnalashtirgan.
2000 yildan "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Yoshlar murabbiysi”. Kinoda esa "Kichkina tabib”, "Makrli dunyo” kabi bir qator filmlarda rollar ijro etgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.