Munis Xorazmiy

Munis Xorazmiy
O`rta asr arbobi, Tarixchi, Tarjimon, Yozuvchi
Tavallud sanasi:
1778 yil
Vafot sanasi:
1829 yil

Munis Shermuhammad (1778 — 1829) — o‘zbek shoiri, yozuvchisi, tarixchisi va tarjimoni.

Xiva shahriga yaqin Qiyot qishlog‘ida dunyoga kelgan. U o‘zbeklarning yuz sulolasidan kelib chiqqan. Uning otasi — Amir Avaybiy mirob Xorazm qishlog‘i Qiyotdan bo‘lib, o‘zbek zodagonlaridan kelib chiqqan. shoirning tog‘asi tarixchi Ogahiy Muhammad Rizo bo‘lgan.

Tarixiy asar “Jannati baxt bog‘i” muallifi. 1800 yildan Xiva xoni Avaz Inoq, Elturoz, Muhammad Rahimxon I saroyida hattot va kotib bo‘lib xizmat qilgan.

1804 yilda o‘z asarlaridan tashkil topgan devonini tuzib chiqadi. Mazkur asar keiynroq to‘ldirilgan va “Munis ul-ushshoq” deya nomlangan.

1806 yil Xiva xoni Elturoz (1804 — 1806) buyrug‘i bilan tarixiy asar “Firdavs ul-iqbol” ustida ish boshlaydi. Asar beshta bobdan iborat bo‘lib, unda Eltuzar hamda Muhammad Rahimxon (1806 — 1825) hukmronligi davridagi umumiy tarix va Xiva tarixining bayonoti yoritilgan.

O‘rta asr musulmonlik tarixiy an’analariga rioya qilgan holda Munis o‘z tarixini “Odam ato” dan boshlab, Muhammad payg‘ambar va uning izdosh-xalifalariga o‘tadi. Ikkinchi bobda afsonaviy Yofot va uning o‘g‘li Turoq davridan Chingizxon va uning merosxo‘rlari davrigacha bo‘lgan turk-mo‘g‘ullar tarixiga bag‘ishlangan.

Asardagi XVIII asr voqealari, ayniqsa batafsil bayon etilgan, xususan bo‘limlar yillari bo‘yicha yozilganligiga ko‘ra muallif hodisalarni zamondoshlari bilan qilingan so‘roqlarga asoslangan tafsilotlar bilan yozgan. Jumladan, XVIII asr ikkinchi yarimida yashagan otasi haqidagi hodisalar ham kiritilgan. Hodisalar bayonoti 1812 yilgacha ifoda etilgach, muallif xondan Mirxond "Riyozat-us-safo" asarini fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilinishini amr etadi, biroq bu bilan tarixiy asarni yozishni to‘xtalishi kerak bo‘ladi. Mirxond asarining birinchi bo‘limi yakunlanib, ikkinchi bo‘limi ustida ish boshlangach, Munis vafot etadi.

 

Munis 1829 yil vafot etgan va Xivaga dafn qilingan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/munis_xorazmiy