Murodjon Mansurov adabiyot deb atalmish koshonaga 60-yillarda kirib kelgan. Adibning o‘ndan ortiq qissa va romanlari chop etilgan. Murodjon Mansurov yaratgan qissalar va ayniqsa, «Mangu jang» romani o‘zining hayotiyligi va samimiyligi, tilining sodda va shiraliligi bilan ajralib turadi.
Tarjimai hol
U Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri bo‘lib ishlaydi. Keyin «Yoshlik» jurnali bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib xizmat qiladi. So‘ng esa «Sharq yulduzi» jurnalida faoliyat ko‘rsatadi.
Murodjon Mansurovning birinchi asari «Aziz inson» (1963) deb atalgan bo‘lib, u yozuvchining mushtipar, mehribon va zahmatkash onasi haqida edi. Asar ma'lum sabablarga ko‘ra bosilmay qolgan.
Shundan buyon adibning o‘ndan ortiq qissa va romanlari chop etilgan.
Asli тoshkentlik, Cho‘lpon otaning yonbag‘ridagi Qatortolda bog‘bon oilasida 1941 yilda tavallud topgan. Otasi Mansurxo‘ja To‘raxo‘ja o‘g‘li mirishkor bog‘bon bo‘lgan. U o‘g‘li Murodjon bolaligida olamdan o‘tgan. Bo‘lajak yozuvchi onasi Karomatxon Umarxo‘ja qizining tarbiyasida voyaga yetgan. O‘rta maktabdan so‘ng Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetiga o‘qishga kirgan. Uni tugatgach, injener-loyihachi bo‘lib ishlagan. Shu yillardan boshlab unda ijodga mayl uyg‘onib, ocherk, lavha, hikoyalar yoza boshlagan. «Qalamimni ko‘rib, respublika markaziy gazetasi «Qizil O‘zbekiston»ga (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») chaqirib olishdi», - deya yozadi muallif o‘z tarjimai holida.
Uning «Sadarayhon» (1965), «Umr chorrahalari» (1972), «Qirg‘oqlar» (1975), «Hammaning yashagisi keladi» (1980), «Yombi» (1988) kabi qissalari, «Mangu jang» (1985), «Gunohi azim» (1995) kabi romanlari talabchan kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan.
Uning uch jildlik «Judolik diyori» romanining I-II kitoblari nashr etilib, kitobxonga taqdim etilgan. Asar ma'lum ma'noda sarguzasht xarakterida bo‘lib, unda o‘z diyoridan adashib, hamon to‘zib yurgan qavm hayoti va kechinmalari islomiy bir ma'rifat, ma'naviyat yog‘dulariga omuxta tarzda ifoda etiladi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.