Mustafo taxallusi bilan qo'shiq kuylayotgan Zohid Yusupov 1984-yil 23-sentabr kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. U Chilonzor tumanidagi 90-maktabni tamomladi. Bolalikdan qo'shiqchilarga havasi kelardi. Hattoki qo'shiqlarni hirgoyi qilib ham yurardi.
Maktabdan so'ng xonanda san'atkor Alisher Ro'zmetovga shogird bo'lib, qo'shiq aytish sirlarini o'rganib boradi. Ilk ijodini 2009-yil "Bizni yor kichkinadir" qo'shig'i bilan boshlaydi. Shu orada u yulduz san’atkorlarimizdan Sardor Rahimxondan ham ozmi ko'pmi qoshiqchilik sirlarini o'rganadi. Uning "Arazchi xonim" qo'shig'i xit taronaga aylanadi. Bundan tashqari Nigora bilan aytgan "Uylanib olaman dugonangizga" dueti, "Olma-olma" hamda "Samolyot" qo'shiqlari ham xit taronaga aylangan.
Hozirgi vaqtgacha Mustafoning 20 dan ortiq qo'shiqlari, 6 ta klipi va albomi o'z muhlislari ko'nglidan joy olgan. Yoshgina xonanda nafaqat qo'shiq kuylaydi balki kinokartinalarda ham suratga tushgan. Rejissyor Zebo Navro'zovaning "Yor-yor qani" filmida kichkina bir epizodni professional ijro etgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.