Nasrullo

O`rta asr arbobi
Nasrullo
Tavallud sanasi:
1806 yil
Vafot sanasi:
5.10.1860

Nasrullo (1806—1860), to‘liq ismi Amir Nasrullo Baxodirxon — Buxoro amirligining beshinchi hukmdori (1827—1860), o‘zbeklarning mang‘itlar sulolasidan, Xaydar amirning uchinchi o‘g‘li.

Nasrullo Xaydar amirning uchinchi o‘g‘li bo‘lgan. O‘n besh yoshlik paytidanoq otasi uni davlat boshqaruviga faol jalb qilgan. 1821 yil bahorida Miyonqol qo‘zg‘olonini bostirishda amirzoda Nasrullo Buxoro qo‘shiniga yetakchilik qilgan. O‘zbeklar qavmi qo‘zg‘olon ko‘tarib bosib olgan Kattaqo‘rg‘on ozod etiladi va bosh ko‘targanlar qattiq jazolanadi. Uning buyrug‘iga asosan, 400 dan 700 gacha odam kallasidan judo qilinadi. Qatl etilganlarning tanasi qal’a ichiga tashlab yuboriladi, kallalari esa aravada Buxoroga yuboriladi. Haddan ziyod qattiqqo‘lligi uchun Nasrullo keyinchalik xalq orasida “qassob” laqabini olgan. 1821 yil kuzidan xon o‘g‘li Nasrullo otasi tomonidan Qarshi hokimi etib tayinlanadi. Miyonqolga yana bir yurish qiladi, shuningdek, o‘zgaruvchan natija bilan Buxoroga qarshi Shahrisabz beklari bilan jang olib boradi.

Nasrullo 1860 yil 5 oktyabrda vafot etadi. Ba’zi tahminlarga ko‘ra u o‘zining xotini — Shahrisabz xukumdorining qizi tomonidan zaharlangan.

 Nasrulloning o‘limidan so‘ng taxtga uning yagona vorisi Muzaffar o‘tiradi. 

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/nasrullo
Sayt foyda berdi!
42862 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi