Hajviy adabiyotimizning yirik va iste’dodli vakili Ne’mat Aminov o‘zbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun 1987 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Ne’mat Aminovning hikoyalari polyak, bolgar, rumin, chex, rus, ukrain, belorus, tojik, turkman, ozarboyjon, gruzin, qolmiq, shuningdek, mo‘g‘ul, afg‘on, uyg‘ur, urdu tillarida ham bosilgan.
Tarjimai hol
Hajviy adabiyotimizning yirik va iste’dodli vakili Ne’mat Aminov 1937 yil 17 iyulda Buxoro viloyatining Romitan tumanida, temirchi oilasida tug‘ilgan.
O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Fayzulla Xo‘jayev nomidagi Buxoro pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetida tahsil ko‘rgan (1954-1959).
Ne’mat Aminov mehnat faoliyatini Buxoro viloyati radioeshittirish qo‘mitasida muxbirlikdan boshlagan. 1973 yilda Toshkentda - «Mushtum» jurnaliga ishga taklif etiladi va 1985 yilgacha shu jurnalda mas’ul kotib bo‘lib ishlaydi. 1989 yilda «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari vazifasini bajaradi, so‘ng «Mushtum» jurnaliga boshchilik qiladi, respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini boshqaradi.
Ne’mat Aminov 2005 yil 18 oktyabrda vafot etgan.
Uning dastlabki hajviyasi 1965 yilda «Ustoz, a’lam» nomi bilan «Mushtum» jurnalida bosilib chiqqan.
Faoliyati
Adibning birinchi hikoyalar to‘plami - «Ikki pullik obro‘», keyin esa «Qirq uchinchi pochcha» (1970), «Labihovuz xandalari» (1977), «Chinorlar qo‘shig‘i» (1984), «Elkasiz polvon» (1986), «O‘g‘ri mushukcha» (1987), «Qahqaha» (1987), «Yallama yorim» (1988), «Chol bolaning ertaklari» (1990) kitoblari bosilib chiqdi.
Ne’mat Aminov haqida gapirganda, uning «Yolg‘onchi farishtalar» (1976-1984) deb nomlangan yirik satirik asari birinchi bo‘lib tilga olinadi.
Asar yaxlit bir maqsadga qaratilgan «Elvizak» va «Suvarak» qissalaridan iborat.
Ne’mat Aminov «Yolg‘onchi farishtalar» kitobi uchun 1987 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Adib o‘zbek adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga sazovor bo‘lgan (1992).
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.