Ismoilova Nigora Abduvahobovna 1988 - yil 12 sentabr kuni Toshkent shahrida ishchilar oilasida dunyoga kelgan. Oilada: ota - ona, 3 opasi va ukasi bor. 3 yoshga qadam qo'yar qo'ymasimdan bolalar bog'chasiga, keyin 1995 - yil 179 - o'rta maktabning 1 - a sinfiga borgan. Maktabda juda a'lochi bo'lmasa ham, bayram tadbirlarida qatnashishga juda qiziqgan.
O'sha kezlarda Fotima va Zuhra Ziyomuhamedovalar boshchiligidagi noan'anaviy bolalar qo'shiqchilik tanlovi o'tkazildi. Tanlovning noan'anaviyligi shundaki, u yerda sog'lom bolalar bilan bir qatorda, ko'zi ojiz va nogiron bolalar ham o'zlarining iste'dodlarini sinab ko'rishlari mumkin edi. Tabiiyki, musiqaga qiziqishi kuchli bo'lganligi sababli tanlovda ishtirok etdi. Omadi kelib, tanlovda g'olib bo'ldi. So'ngra tanlab olingan bolalar jamoasidan hor tashkil qilindi va "Uz bell" deb nom berildi. Har jamoada qo'shiqchilik sirlarini o'rgangan. Ziyoda bilan ham aynan shu yerda tanishgan.
2004 yilda maktabni tamomlab, Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi Republika musiqa kollejiga imtihon asosida qabul qilingan. 2 - kursda tahsil olayotganida "Akfa Media" prodyusserlik markazi ochilgani hamda yakkaxon ijrochilikka qiziquvchi yoshlar o'rtasida tanlov o'tkazilgan. U yerda qatnashuvchilar orasida Oybek va Ziyoda ham bolgan. Yana bir bor omad kulib boqib Nigora, Ziyoda va Oybek g'olib bo'lishgan. Shundan keyin "Akfa Media"da ijod boshlagan. Nigoraga bir qo'shiq yozildi, lekin qo'shiq duet shaklida ijro qilinishi kerak edi. Bu duetdosh Oybek bo'lib chiqdi.
Ilk bora Oybek bilan kuylagan "Izlayman" duet qo'shig'i ko'pchilikka manzur bo'ldi. Shundan so'ng rahbariyat yana bir duet qo'shiq yaratish taklifini bildirishdi va "Sen uchun" nomli qo'shiq dunyoga keldi. Unga ham o'z navbatida klip suratga olinib, xalqga taqdim qilindi. Qisqa vaqt ichida qo'shiq ommalashib, hit - paradlarning yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Shundan so'ng, Oybek va Nigorani duet guruhi sifatida taniy boshlashdi.
Oybek va Nigora ko'plab mukofotlarga erishishgan. Jumladan, turli xil tashakkurnomalar, fahriy yorliqlar, 2006 - yil "Yil yangiligi" nominatsiyasida va eng asosiysi 2008 - yilda "Nihol" Davlat mukofotiga sazovor bo'lishgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.