Nilufar Saidova 1977-yil 20-avgust kuni Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumani G'azalkent shahrida tavallud topdi. U A.Qodiriy nomidagi 3-maktabda o'qib yurgan kezlaridayoq qo'shiq aytishga ishtiyoqi juda baland edi. Xattoki 9-sinfda o'qib yurgan vaqtida sinfdosh qizlar orasida "Qizlar" guruhini tashkil etadi. Maktab tadbirlarida ham birinchilar qatorida bo'lgan Nilufar G'azalkent shahrining Madaniyat saroyida 40-50 ta qizlar o'rtasida o'tkazilgan qo'shiq aytish tanlovida yosh xonanda birinchi o'rin sohibi bo'ladi. Aynan shu yerda u bastakor Sultonali Raxmatov bilan tanishadi va u bilan ijod qiladi. 1995-yili u Toshkent Davlat San'at institutining musiqali drama aktyorligi fakultetiga o'qishga kiradi. Xonanda 20-yoshidayoq birinchi "Nilufar Saidova" degan albomini o'z muhlislariga havola etadi. Hozirgi kungacha u yana 15 ta musiga albomlarini, ikkita maqom diskini, o'ndan ortiq audio CD disklarini va 300 dan ortiq qo'shiqlarni o'z muhlislariga havola eta oldi. 1999-yili u Sultonali Raxmatov bilan turmush quradi. 2000-yilda esa ularning oilasida Nozanin ismli qizchalari dunyoga keladi. Huddi shu yili Nilufar Saidova Toshkent Davlat San'at oliygohini tamomlaydi. 2000-yil xonanda uchun juda omadli keldi. U "Nihol" mukofotini qo'lga kiritadi. 2001-yil 24 yoshida O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist, 2004-yilda esa "Do'stlik" ordeni sohibi bo'ladi. 2004-yilda Nilufar Saidova "Istiqlol" saroyida ilk bor teatrlashtirilgan "Hayotni seving do'stlar" deb nomlangan konsert dasturini havola etadi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.