Normurod Narzullayev

Shoir
Normurod Narzullayev
Tavallud sanasi:
1954 Iyul 7
Vafot sanasi:
2006 Mart 17

Shoir, tarjimon Normurod Narzullayevning ijodiy faoliyati 1954 yildan boshlangan. Normurod Narzullayevning she’rlari ingliz, ispan, frantsuz, nemis, chex, polyak, vetnam, turk, hind tillariga tarjima qilingan. O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev O‘zbekiston Yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Unga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi», «O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi» faxriy unvonlari berilgan, 1998 yilda esa «Shuhrat» medaliga sazovor bo‘lgan.

Tarjimai hol

Normurod Narzullayev 1934 yilning 7 iyulida Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi Xo‘jahayron qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. U yetti yillik ma’lumotni o‘z qishlog‘idagi maktabda oldi. 1948 yilda Qarshi pedagogika bilim yurtiga kirib o‘qidi. 1956 yilda Samarqand Davlat pedagogika institutining til va adabiyot fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirdi.

Mehnat faoliyatini 1956 yildan boshladi. Avval viloyat gazetalarida musahhih so‘ng adabiy xodim, bo‘lim mudiri va mas’ul kotib vazifalarida ishladi.

1968-1969 yillarda Alisher Navoiy nomli Samarqand Davlat universitetining o‘zbek adabiyoti kafedrasi aspiranturasida o‘qidi.

Normurod Narzullayev 1969-1974 yillarda Samarqand va Toshkentda mas’ul lavozimlarda xizmat qildi. 1974 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, 1976-1981 yillarda mazkur uyushmada kotib vazifasini ado etdi.

1991-1996 yillarda «Kamalak» nashriyot-matbaa birlashmasining bosh muharriri, 1996-1997 yillar «Kamalak» nashriyoti direktori vazifalarini bajardi. Normurod Narzullayev 1997 yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi yoshlari «Kamolot» jamg‘armasi «Qatortol-Kamolot» ishlab chiqarish-nashriyot korxonasida bosh maslahatchi lavozimida ishlab keldi.

Atoqli shoir 2006 yil 17 martda vafot etdi.

Ijodiy faoliyati

Shu yillarda vaqtli matbuot sahifalarida uning ilk she’rlari bosilgan. Oradan o‘n yil o‘tgach, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida shoirning ilk she’riy to‘plami - «Suyunchi» (1965) bosilib chiqqan. Bugunga qadar shoirning o‘ttizga yaqin kitoblari chop etilgan.

Shoir «Sizni Vatan erkalar» (1966), «Mehr chashmasi» (1970), «Zarafshon zarlari» (1970), «Ufqlarda ko‘zlarim» (1973), «Yog‘du» (1974), «Nigohlar» (1976), «Lahza va larza» (1973), «Sevgi sehri» (1981), «Oq samanim» (1982), «Tong elchisi» (1984), ikki jildli «Saylanma» (1984-1985), «Shamolni ushlagan bola» (1985), «Yaxshilik deb yashayman» (1987), «Ayni vaqt» (1989), «Bosh maydon» (1991) kabi to‘plamlarning muallifidir.

Normurod Narzullayevning «Oq farishtam, oppoq farishtam» (1995), «Yurt ishqida yonaman» (1996), «Bola ko‘zi bilan ko‘ring dunyoni» (1998) nomli she’rlar, qo‘shiqlar to‘plamlari shoir ijodida sezilarli iz qoldirdi.

Normurod Narzullayevning she’rlari ingliz, ispan, frantsuz, nemis, chex, polyak, vetnam, turk, hind tillariga tarjima qilingan. Normurod Narzullayev Narziy taxallusi bilan qo‘shiqnavis shoir sifatida ham mashhur. Uning she’rlari asosida yaratilgan ko‘plab qo‘shiqlar xalqaro va respublika tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egalladi. «Meros», «Uzilgan torlar», «Toshkentda tuman», «Sevgi nidosi», «Fotima va Zuhro» kabi sahna asarlari va kinofilmlardagi qo‘shiqlar ham shoir Normurod Narzullayev qalamiga mansub.

Normurod Narzullayevning Henrih Heyne, Maksim Tank, Yevgeniy Yevtushenko, Jobir Navro‘z, Qaysin Quliyev, Ibroxim Yusupov, Andrey Dementyev va boshqa shoirlar ijodidan qilgan tarjimalari ham o‘zbek kitobxonlariga manzur bo‘ldi.

Normurod Narzullayev 1971 yilda O‘zbekiston Yoshlar tashkilotining mukofotiga sazovor bo‘lgan. Unga 1984 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi», 1994 yilda «O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi» faxriy unvonlari berilgan. 1998 yilda «Shuhrat» medaliga sazovor bo‘ldi. Unga «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berilgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/narzullayev_normurod
Sayt foyda berdi!
41788 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi