Norto‘xta Qilich

Norto‘xta Qilich
Yozuvchi
Tavallud sanasi:
1946 Fevral 7

Norto‘xta Qilich 60-yillardan o‘z ijodini boshlagan. Norto‘xta Qilichning «Bayram» to‘plamiga kirgan qissa va hikoyalari adib ijodining sarasi bo‘lib, unda muallif inson taqdiri va hayot ma’nosi haqida falsafiy mushohada yuritadi. 

Biografiya

Norto‘xta Qilich 1946 yili Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan.

«Bayram» nomli asar markaziga qo‘yilgan voqealar ko‘p hollarda dramatik o‘tkirligi, teranligi bilan kitobxonni o‘ziga jalb etadi. Ayniqsa, undagi qahramonlar o‘zlarining‘ ma’naviy-axloqiy pokligi bilan o‘quvchiga ma’naviy oziq beradi, estetik zavq bag‘ishlaydi.

Yozuvchining «Vijdon hukmi» nomli qissa va hikoyalar to‘plami 1993 yilda qoraqalpoq tilida chop etilgan.

1971 yilda Toshkent Davlat universitetini tugatgach, «Buxoro haqiqati», «Xorazm haqiqati», «Toshkent oqshomi» gazetalarida, «Sharq yulduzi» jurnalida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishlagan. Norto‘xta Qilichning ilk hikoyalari 60-yillari tuman gazetasida bosilib chiqqan.

Faoliyati

Uning «Oppoq tong» nomli birinchi hikoyalar to‘plami 1981 yilda nashr qilingan. O‘shandan beri uning «Yorongul» (1981), «Mo‘’jiza» (1984), «Chig‘iriq» (1988), «Bayram» (1991), «Iltijo» (1992) nomli hikoya va qissalar to‘plamlari nashr etilgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/norto%E2%80%98xta_qilich