O'lmas Olloberganov

O'lmas Olloberganov
Qo`shiqchi
Tavallud sanasi:
1971-yil 25-iyul

O'lmas Olloberganov 1971-yil 25-iyul kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida tavallud topdi. U Kogondagi 5-o'rta maktabda tahsil ola boshladi. 4-sinfdan esa musiqa maktabining xalq cholg'ularidan qashqar rubobi bo'yicha tahsil oldi.

Maktabdan so'ng esa Buxoro Davlat musiqa bilim yurtining xalq cholg'ulari fakultetiga o'qishga kiradi. Xonanda bilim yurtida 4 yil davomida o'qib, ushbu bilim yurtini qizil diplomga tamomladi. U xalq cholg'u ko'rik tanlovlarida mutloq g'olibliklarni qo'lga kiritgan.

1990-yil Toshkent Davlat Konservatoriyasiga imtiyozlari bo'lgani uchun imtihonsiz qabul qilinadi. U Sharq kafedrasining an'anaviy ijrochilik fakultetini tamomlaydi. O'qishi davomida mintaqaviy xalqaro maqomchilar ko'rik tanlovlarida ham ishtirok etib, mutloq g'olib bo'ladi.

Ilk ijodini u 1995-yilda Fuzuliy g'azali bilan kuylangan "Qurbon o'lam" qo'shig'i bilan boshlaydi. Bu qo'shiq xit taronalar qatoridan joy oldi. Keyingi xit taronalari esa "Parizod", "Kutaman", "Lola", "Xorazm lazgisi" va eroncha "Faromush" qo'shiqlari ham xit darajasiga yetdi. O'lmas Olloberganov Tojikiston, Turkiya, Fransiya, Angliya, AQSh, Ukraina, Ozarbayjon va Yaponiya davlatlarida gastrol safarlarida bo'lib, O'zbekiston nomini cho'qqilarga ko'targan.

Xozirgi kungacha xonanda 200 dan ortiq qo'shiqlarini, 20 dan oshiq kliplarini va o'zining 5 ta "Parizod", "Kutaman", "Azizim", "Bu xayot" va "Klassik qo'shiqlar" albomlarini o'z muhlislari e'tiboriga havola etdi. 2006-yilda esa xonanda "Turkiston" saroyida o'zining "Kutaman" deb nomlangan konsert dasturini taqdim etgan.

Manbaa: http://muz.uz/content/xonandalar/olmas-olloberganov.html