Odil To'laganov "Baliq" burji ostida Toshkent shahrida tavallud topdi. U bolaligidan qo'shiqqa, san'atga qiziqqanida poytaxtdagi
Glier nomida musiqa maktabining vokal bo'limiga o'qishga kiradi. Musiqa maktabini bitirgandan so'ng esa O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining estrada xonandalik fakultetiga o'qishga kirib tahsil oladi. Odil To'laganov o'qish davrida ham turli tadbir va ko'rik tanlovlarda faol ishtirok etib keladi. Ilk ijodini 2004-yil "Muhabbat" qo'shig'i bilan boshlaydi.
Xonandaning "O'n bir soniya", "Soya bormi" qo'shiqlari xit qo'shiqlar qatoridan joy olgan. Xozirgi kungacha Odil To'laganov 20 ga yaqin qo'shiqlarini va 8 ta kliplarini o'z muhlislari e'tiboriga havola etdi. Xonanda shoirlardan Timur, Shahnoz, Ibrohim Jiyanovlar bilan, kompozitorlardan esa Shahnoz, Nasrullo, Ravil Gimazutdinov bilan birgalikda ijod qiladi. 2002-yilda yosh xonanda "Umid yulduzlari", 2004-yilda esa "O'zbekiston Vatanim mani" ko'rik tanlovlar va 2010-yilda Malayziyada o'tkazilgan Xalqaro festival ishtirokchisi hamdir.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.