Ohunjon Madaliyev Nusratovich 1963-yil 21-may sanasida Farg'ona viloyati Oltiariq tumani, Yangiarab qishlog'ida duradgor usta Nusrat oilasida dunyoga kelgan. 1980-yilda o'rta maktabni tamomlab, 1981-yilda hujjatlarini Far'ona Davlat Pedagogika institutining musiqa fakultetiga topshirgan. 1985-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, yo'llanma bilan Oltiariq tumanidagi 26-sonli o'rta maktabda ashula fani o'qituvchisi bo'lib ishladi.
Keyinchalik Hunar texnika bilim yurtida, bir oz vaqt o'tib, Farg'ona Davlat filarmoniyasida yakkaxon solist sifatida faoliyat yurgizgan.
1989-yili Toshkent shahrida "Kamolot 89" ko'rik tanlovida g'olib bo'lib, shu yilning dekabr oyida "Xalqlar do'stligi" saroyida ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. Keyinchalik xonanda Tojikiston, Qirg'iziston, Qozog'iston va Turkmaniston Respublikalarida konsert bergan.
Qo'shiqchilik san'atiga qo'shgan munosib hissasi uchun Ohunjon Madaliyev 1997-yil 26-avgustda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
1999-yil 25-avgustda "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga sazovor bo'lgan.
1983-yilda "Ziyodam" deb nomlangan ilk qo'shiqlar albomini taqdim qildi. Keyinchalik "Seni asrasin", "Kimligini aytmayman", "Sendadir xayolim", "Yulduzim", "Navbahor", "Javohirim", "O'zbeklarim", "Yolg'iz ayol", "Sog'inch", "Yoshligim", "Unutmoq osonmas bizlarni" kabi musiqiy albomlarni muxlislarga havola etgan.
Ohunjon Madaliyev juda sermahsul ijod qildi. Uning deyarli har bir qo'shig'i hali hamon muxslislar yodida. Jumladan hofizning "Turkman qiz", "Unutmoq osonmas bizlarni", "Ketaman", "Nasibam", "Maqsading nima?", "Seni bugun ko'rmasam bo'lmas", "Javohirim", "Yolg'iz ayol" kabi o'nlab qo'shiqlari juda mashhur bo'lgan.
Ohunjon Madaliyevning odamiyligi haqida so'z ketganda uni yaqindan biladiganlar uning kamtar, tavozuli va sahiy bo'lganini aytadi. Hofiz qo'shig'ida aytgani kabi odamiylikni saqlagan edi. Uning yana bir qo'shig'ida quyidagi misralar bor:
Tengdoshlar qatoridan o'rin olib ketmasang,
Bu kurash maydonida mag'rur g'olib ketmasang,
Ming-minglab yuraklarda mangu qolib ketmasang
Hayotim bor demagin, hayot emas u.
Vodiyning asl o'g'lonlaridan biri bo'lgan Zahriddin Muhammad Boburga o'xshab Ohunjon Madaliyev ham qisqa umr ko`rdi
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.