Olim Qo‘chqorbekov

Shoir, Yozuvchi
Olim Qo‘chqorbekov
Tavallud sanasi:
1932 Avgust 12
Vafot sanasi:
2015 yil

Olim Qo‘chqorbekov qanday janr va turda, qanday mavzuda qalam tebratmasin, hamisha o‘z zamondoshlarini poklikka, halollikka va qolaversa, komil inson bo‘lishga da’vat etib keldi va kelayotir. Unga 1973 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan.

Shu davrda uning «Birinchi sort bo‘ydoq» (1969), «Salomiga yarasha» (1982) kabi hajviy asarlari chop etildi. Uning «Lo‘li bola» nomli ilk qissasi esa 1978 yilda bosmadan chiqdi. 1980 yilga kelib adibning Buxoro amiri Olimxonning so‘nggi kanizi haqidagi «So‘nggi kaniz» romani «Sharq yulduzi» jurnalida «Inqiroz» nomi bilan e’lon qilindi. Hozirgi kunda esa uning «Amirlikdan mahbuslikka» degan yangi romani tugallanib, nashr etilish arafasida turibdi.

Uning birinchi she’ri 1948 yidda matbuotda e’lon qilindi. Shundan so‘ng uning bolalar uchun «Chorichambar» (1963), «Sirli xum» (1969), «Qaysar buzoqcha» (1974) kabi kitoblari nashr etildi. Adibning kattalar uchun yozgan asarlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Uning bu boradagi ilk to‘plami «She’r va masallar» nomi bilan 1957 yilda nashr etilgan.

So‘ngra ketma-ket «Kuylarim va o‘ylarim» (1960), «Umrim bog‘ida» (1970), «Ko‘ngil mezoni» (1972), «Va’zxon va Zag‘izg‘on» (1974), «Nozik ko‘ngil» (1983) kabi she’riy to‘plamlari yuzaga keldi.

Olim Ko‘chqorbekovning bir qator hajviy asarlari mashhur satirik kinojurnal «Nashtar» sahifalaridan ham o‘rin olgan.

Olim Qo‘chqorbekov qanday janr va turda, qanday mavzuda qalam tebratmasin, hamisha o‘z zamondoshlarini poklikka, halollikka va qolaversa, komil inson bo‘lishga da’vat etib keldi va kelayotir. Unga 1973 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan.

Olim Qo‘chqorbekov asli Toshkentlik. U 1932 yilning 12 avgustida Zangi ota tumanining Qatortol qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga kelgan. O‘rta maktabdan so‘ng 1951-1957 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universitetida o‘qigan. U o‘qishni tugatgach, qariyb qirq yil davomida «Mushtum»da faol va izchil mehnat qildi. Oddiy adabiy xodimlikdan bo‘lim mudiri, muharrir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarildi. U bir vaqtning o‘zida ham bolalar, ham kattalar adabiyotiga xizmat qildi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/qo%E2%80%98chqorbekov_olim
Sayt foyda berdi!
81361 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi