Omon Muxtor 2

Shoir, Yozuvchi
Omon Muxtor 2
Tavallud sanasi:
1941 yil
Vafot sanasi:
2013 May 10

Shoir va nosir Omon Muxtor ijodi 50-yillarning oxirlarida boshlangan bo‘lsa ham, «Chorlar quyoshli yo‘llar» birinchi she’riy to‘plami 1966 yilda chop etiladi. Omon Muxtor «Egilgan bosh» romani uchun 1990 yilgi Yozuvchilar uyushmasining yillik adabiy mukofotiga sazovor bo‘lgan. Adib tavalludining ellik yilligi munosabati bilan (1991) unga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» faxriy unvoni berilgan.

Tarjimai hol

Shoir va nosir Omon Muxtor 1941 yili Buxoroda tavallud topgan. O‘rta maktabni tugatgach, bir necha vaqt nashriyotlarda adabiy xodim, O‘zbekiston radio va televideniye Davlat qo‘mitasi, «O‘zbekfilm» kinostudiyasi hamda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, «Sharq yulduzi» jurnalida esa bosh muharrir bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, «Ohang» (1974), «Yog‘du» (1979), «Marvarid» (1985), «Shiddat» (1990) kabi she’riy to‘plamlar ham O.Muxtor qalamiga mansub.

Ijodkor bolalar uchun «Buvim ertak aytadi» (1971), «Kunlardan bir kun» (1985), «Ming yildan so‘ng» (1991) kabi she’r, ertak va hikoya to‘plamlari ham yaratgan.

Omon Muxtorning «Tepalikdagi xaroba», «Ming bir qiyofa», «Ko‘zgu oldidagi odam» romanlari yaxlit holda «To‘rt tomon qibla» trilogiyasini tashkil etgan. So‘nggi yillarda «Afu», «Ayollar mamlakati va saltanati», «Aflotun» romanlari chop etildi. Mazkur trilogiya yangicha uslubda yozilgan bo‘lib, kitobxon va adabiy jamoatchilik e’tiborini tortmoqda.

Omon Muxtor shoir, hikoyanavis, qissanavis, romannavis sifatida yigirmadan ortiq kitob nashr etdi. Jumladan, «Nigoh» (1968), «Qushlar va tushlar» (1971), «Shaharlik kelinchak» (1973), «Hayot darvozasi» (1978), «Buxorolik donishmand» (1973), «Bolalikka sayohat» (1984) kabi hikoyalar to‘plamlari, shuningdek, «Uchqur poyezdlar» (1981), «Vazifa» (1988) kabi qissalarini chop ettirdi. U ayni chog‘da «Yillar shamoli» (1976), «Egilgan bosh» (1989), «Ming yildan so‘ng» (1991), «Ko‘zgu oldidagi odam» (1996), «Ming bir qiyofa» (1994), kabi romanlarini yaratdi.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/omon_muxtor
Sayt foyda berdi!
42862 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi