Oybek

Shoir
Oybek
Tavallud sanasi:
1905 Yanvar 10
Vafot sanasi:
1968 Iyul 1

XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa qo‘shgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1905 yilning 10 yanvarida Toshkent shahrida, bo‘zchi oilasida dunyoga keldi. Oldin o‘rta maktabda, 1922-1925 yillarda esa Toshkent ta'lim va tarbiya texnikumida tahsil oldi. So‘ngra O‘rta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qishini davom ettirdi.

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek 1930 yili universitetni tugatib, shu yerda siyosiy iqtisoddan dars berdi. Oybek adabiyotga 1926 yili chop etilgan «Tuyg‘ular» she'riy to‘plami bilan kirib kelgan. Shoirning «Dilbar - davr qizi» (1931), «O‘ch» (1932), «Baxtigul va Sog‘indiq», «Temirchi Jo‘ra» (1933) dostonlari o‘z davrining she'riy yilnomalaridir. U tarixiy va zamonaviy mavzularda yigirmaga yaqin dostonlar yaratgan. Oybek she'riyati nihoyatda go‘zal bo‘lib, o‘zining sodda, ravon va ifodali tilda, boy va rang-barang tasvir san'at vositalarida yaratilganligi bilan alohida ajralib turadi.

Oybek mohir shoir bo‘lgani kabi yetuk romannavis ham edi. U yaratgan «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Ulug‘ yo‘l», «Oltin vodiydan shabadalar», «Quyosh qoraymas» kabi epik polotnolar o‘zbek realistik romanchiligi taraqqiyotida muhim bir davrni tashkil etadi.

O‘zbek xalqining 1916 yilgi milliy ozodlik qo‘zg‘oloni yozuvchining «Qutlug‘ qon» (1940) romanida zo‘r mahorat bilan realistik ifodalangan bo‘lsa, «Navoiy» (1944) romanida o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy obrazi yaratilgan.

Oybek Navoiy romanida Navoiy siymosi vositasida o‘zbek xalqining bundan 500 yil avvalgi hayotini badiiy mujassamlashtirgan shaxs hisoblanadi.

Uning «Oltin vodiydan shabadalar» (1949) asarida xalqimizning urushdan so‘nggi davrdagi yaratuvchilik mehnati, «Quyosh qoraymas» (1958) romanida Ikkinchi jahon urushi fojialari o‘z ifodasini topgan. Adibning «Ulug‘ yo‘l» (1977) asari esa «Qutlug‘ qon» romanining mantiqiy davomi bo‘lib, unda yozuvchi xalq milliy ongining shakllanishini ko‘rsatishga intilgan.

Oybek 1949 yilda Pokistonga sayohat qilgan. Adib qardosh xalq hayotini, kurash va intilishlarini «Pokiston xotiralari» ocherklari, qator she'rlari, «Zafar va Zahro», «Haqgo‘ylar» dostonlarida, nihoyat, «Nur qidirib» qissasida tasvirlagan. Adibning «Bolalik xotiralarim» avtobiografik qissasi 1963 yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, ya'ni Oybekning o‘zidir.

Oybek iste'dodli shoir, yirik nosir bo‘libgina qolmay, mashhur olim, publitsist, tanqidchi, tarjimon va jamoat arbobi hamdir. O‘zbek kitobxoni Pushkinning «Yevgeniy Onegin» she'riy romanini, Lermontovning «Maskarad», Molyerning «Tartyuf» dramalarini, shuningdek, antik adabiyot namunalarini Oybek tarjimasida o‘qishga muyassar bo‘lgan.

Oybek 1943 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a'zo etib saylangan va 1950 yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi bo‘lib ishlagan. U yuqori malakali filologlar tayyorlashga katta hissa qo‘shgan ustozdir. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati unvonlariga sazovor bo‘lgan.

Yozuvchi asarlari o‘zbek adabiyotining jahonaro shuhratini yanada oshirdi. Ustoz mahorati yosh yozuvchilar uchun ijod dorilfununiga aylandi. Oybekning o‘lmas asarlari ma'naviy xazinamizdan mustahkam o‘rin oldi va umumxalq mulki bo‘lib qoldi.

Oybek 1968 yil 1 iyulda 63 yoshida vafot etgan. Vafotidan so‘ng uning 20 jildlik to‘la asarlari majmuasi nashr etilgan.

Adib istiqlol davrida «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2000).

Asarlari

«Cholg‘u tovushi» (1922, birinchi she'ri, «Tong yulduzi» gazetasida chiqqan)
«Tuyg‘ular» (1926, birinchi to‘plami)
«Ko‘ngil naylari» (1929)
«Mash'ala» (1932)
«Baxtigul va Sog‘indiq» (1933, she'riy to‘plam)
«Baxtigul va Sog‘indik» (1934, doston)
«Quyosh qoraymas» (1943-1958, harbiy mavzudagi roman, unga «Olovli yo‘llar» to‘plami eskiz (qoralama, badiiy asos) bo‘lib xizmat kilgan)
«Qizlar» (1947, doston)
«O‘ch» (1932, doston)
«Xamza» (1948, doston)
«Bobo» (doston, avtobiografik xarakterda)
«Temirchi Jo‘ra» (1933)
«Qutlug‘ qon» (1940)
«O‘ch» kabi asarlar «xamirturush» bo‘lib xizmat kilgan
«Bolalik» (1963, avtobiografik asari)
«Nur qidirib» (1958)
«Ulug‘ ayol» (1967, bu romanda 1917-1922 yillar hayot voqyealari tasvirlangan)
«Gulnor ona»
«Fanorchi ota»
«Na'matak»
«Yer»
«Turmush yo‘lida»
«Tog‘ sayri»
«Abadiyat va umr»
«Tepaga chiqamen, soyga tushamen»
«Quyosh qo‘shig‘i»
«Mashrab» (1937)
«Oltin vodiydan shabadalar» (1949, bu asarga «Qizlar» dostoni eskiz bo‘lgan, qahramonlari: O‘ktam, Sayramov, Komila va boshq.)
«Guli va Navoiy» (1968, doston)
«Alisherning bolaligi» (bu qissa 1974 yilda e'lon qilingan)
«O‘zbekiston» (1934)
«Yig‘i kelmadi sira...» .

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/oybek
Sayt foyda berdi!
86554 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi