Oybek Alimov Bahodirovich

Oybek Alimov  Bahodirovich
Qo`shiqchi
Tavallud sanasi:
1987 - yil 8 oktabr

Alimov Oybek Bahodirovich 1987 - yil 8 oktabr kuni Toshkent shahrida xizmatchilar oilasida tug'ilgan. Oilada: ota - ona, va akasi bor. Hamma jajji bolalar kabi bog'chaga, so'ngra 1994 - yil 29 - o'rta maktabning 1 - e sinfiga borgan. 2003 - yilda 9 - sinfni tamomlagach, ba'zi sabablarga ko'ra 2 yil mobaynida o'qishni davom ettira olmagan. Hatto "Istiqlol" futbol maktabini ham tashlab ketgan. Ammo yoshligida sportdan tashqari musiqa san'atiga qiziqishi kuchli bo'lganligi sababli keyinchalik "Konsanans" nomli musiqa to'garagiga qatnashgan.

2005 - yilda Hamza Hakimzoda Niyoziy nomidagi Respublika musiqa kollejiga imtihon asosida o'qishga qabul qilingan. U yerda "Akadem xonandalik" bo'limida O'zbekiston va Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan artist Serjanov Kenezboy Jumaboyevichdan tahsil olgan. Shu yilning noyabrida "Akfa Media" prodyusserlik markazi ochilgani va u yerda yakkaxon ijrochilikka qiziquvchi yoshlar o'rtasida tanlov o'tkazilayotgani haqida xabar topgan. Bu tanlovda kollejdan juda ko'plab yigit - qizlar ham o'z nomzodlarini ko'rsatishgan. Ular orasida bizga yaxshi tanish Nigora va Ziyodalar ham shular jumlasidandir. Tanlovda Nigora, Ziyoda va Oybek g'olib bolishgan. Uzoq tayyorgarliklardan so'ng, ilk taronasi "Yuragimda" efir orqali jarang sochgan.

Biroz vaqt o'tgandan so'ng, Nigoraga yana bir qo'shiq yozildi va uni duet shaklida kuylash rejalashtirildi. Nigora bilan ilk duet qo'shig'i "Izlayman" bolib, ko'plab tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi. Shundan so'ng rahbariyat yana bir duet qo'shiq yaratish taklifini bildirishdi va "Sen uchun" nomli duet tarona dunyoga keldi. Ikkinchi duet qo'shiq TV orqali taqdim qilingandan keyin xalq ularni Oybek va Nigora dueti deb taniy boshlandi.

Manbaa: http://www.tarona.net/news/oybek_hayoti_haqida/2012-05-12-1322