Oydin Hojiyeva ijodi garchi 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsa-da, uning birinchi she’riy to‘plami 1970 yilda «Shabnam» nomi bilan chop etilgan. Uning deyarli barcha to‘plamlarida pokiza va mehribon, kechirimli va sadoqatli ona tuyg‘ulari, vafodor yor, didli, farosatli va nozikta’b shoira qalbi jo‘sh urib turadi.
Oydin Hojiyeva mohir shoiragina emas, publitsist va tarjimon hamdir. Unga «O‘zbekiston xalq shoiri» (1992) unvoni berilgan.
O‘zbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyeva 1942 yili Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Bo‘ston qishlog‘ida tug‘ilgan. 1960 yili o‘rta maktabni, 1966 yili Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan.
1965-1976 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976-1985 yillar «Saodat» jurnalida bo‘lim mudiri, 1985-1995 yillarda «Gulxan», 1995 yildan esa «Saodat» jurnali muharriri lavozimida ishlab kelmoqda. U 20 dan ortiq she’riy to‘plamlarning muallifidir.
Shoiraning «Ko‘zimning oqu qarosi» (1996) nomli she’riy guldastasi istiqlol ruhi, istiqlol orzusi bilan limmo-limdir. U mohir shoiragina emas, publitsist va tarjimon hamdir. Unga «O‘zbekiston xalq shoiri» (1992) unvoni berilgan.
Oydin Hojiyeva ijodi garchi 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsa-da, uning birinchi she’riy to‘plami 1970 yilda «Shabnam» nomi bilan chop etilgan. So‘ngra uning «Men sevgan qo‘shiq» (1972), «Zar kokil qiz va quyosh» (1972), «Manzillar» (1975), «Navo» (1977), «Tarovat» (1978), «Buvisining o‘z qizi» (1979), «Dostonlar» (1980), «Tamal toshi» (1980), «Saylanma» (1989), «Najot» (1991), «Olisdan kelgan ovoz» (1991) kabi ko‘plab she’riy guldastalari dunyo yuzini ko‘rgan. Ular orasida «Chashmalarni izlayman» (1987) kabi publitsistik asarlar majmuasi, bolalar uchun yozilgan ajoyib she’rlari ham bor.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.