Ozodbek Nazarbekov Axmadovich 1974 yil 7 mayda Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug`ilgan. 1994 yildan buyon qo`shiqchilik san`ati bo`yicha o`z ijodiy faoliyatini boshlagan.
2002 yildan buyon "O`zbeknavo” estrada birlashmasida yakkahon honanda sifatida faoliyat yuritadi. Ozodbek Nazarbekov 1994 yildan buyon Respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida: O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, Navro`z umumxalq bayrami va Mustaqillik bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikamizning barcha viloyatlarida o`zining yakkahon konsertlarini namoyish etgan.
2003 yil 22 iyunda Turkiston saroyida "Oydin kechalar” deb nomlangan yakkahon konsertini, 2005 yil 15-16 aprelda esa Xalqlar do`stligi saroyida "Yuragimdan kuylaganim sen” deb nomlangan konsertini,
2006 yil 12-13-14-15 aprel kunlari "Sening darding...” deb nomlangan konsertini o`z muxlislariga taqdim etgan. 1994 yildan buyon honandaning 7 ta audio, video kasseta va disk to`plamlari yozilib, sotuvga chiqarilgan. Respublika, viloyat, tuman va shaxar televideniya tarmoqlarida honandaning "Kel, ey yorim" (1994 y), "Toshkentim go`zallari" (1997 y), "Barno" (1997 y), "Kechalar" (1998 y), "Chandiq Qiz" (2002 y), "Chang ko`chalar" (2002 y), "Bevafo" (2003 y), "Jonim manim" (2005 y), "Kuyib qolganman" (2006 y), "Vatan" (2006 y), "Yomg`ir" (2006 y) kabi o`nlab qo`shiqlari, musiqiy kliplari muntazam namoyish etib kelinmoqda. Hozirda Ozodbek Nazarbekov Mannon Uyg`ur nomidagi San`at oliygohining 3-kurs talabasi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.