Qunduz Mirkarimova

Raqqosa
Qunduz Mirkarimova
Tavallud sanasi:
8.03.1928
Vafot sanasi:
6.11.2019

O’zbek raqqosasi va baletmeysteri, raqslari nafis va jozibali, yoqimli va o’ziga xos, qaytarilmas xususiyatlari bilan alohida ajralib turadigan, xorijiy mamlakatlarda o’zbek raqs san’atining noyob durdonalarini namoyish etgan Qunduz Mirkarimova «O’zbekiston xalq artisti» va «Xalq artisti» unvonlari hamda Mukarrama Turg’unboeva mukofoti, «Do’stlik» ordeni sohibasidir.

O’zbek raqqosasi va baletmeysteri Qunduz Mirkarimova 1928 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1951 yilda Moskvada Katta teatr qoshidagi xoreografiya bilim yurtini tugatgan. 1943—1946 yillarda Yangiyo’l musiqali drama va komediya teatri, 1946—1948 yillarda Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri, 1951—1973 yillarda M. Qoriyoqubov nomidagi O’zbek Davlat filarmoniyasi raqqosasi sifatida faoliyat ko’rsatib, «G’ayratli qiz», «Katta o’yin», «Xorazmcha raqs», «Uyg’urcha raqs», «Rohat», «Jonon», «Nay navosi», «Bahor tongi», «Tanovar», «Zang o’yin», «Pomir raqsi», «Dildor», «Gulruh», «Raqqosasidan», «Cho’li iroq», «Guldasta», «Tog’ raqsi», «Usmoni raqsi», «Gulnoz» kabi mumtoz, xalq va zamonaviy hamda qardosh xalqlar raqslarini katta mahorat bilan ijro etdi.

Shuningdek, maqom kuylariga tushgan raqslari bilan ham mashhurdirki, uning ijrosidagi raqslar nafis va jozibali, yoqimli va o’ziga xos, qaytarilmas xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
1979—1983 yillarda M.Turg’unboeva nomidagi «Bahor» o’zbek xalq raqs dastasiga badiiy rahbarlik qildi. Raqqosaning iste’dodi va salohiyati ana shu davrda yanada yorqinroq namoyon bo’ldi.

Raqsga tushish, raqsni sahnalashtirishning murakkab va nozik sir-asrorini ustozlari Mukarrama Turg’unboeva, Roziya Karimova, Gavhar Rahimova, Natalya Gubskayalardan o’rganib, butun talanti va ijodiy kuch-qudratini ishga solib, ustozlari an’analarini davom ettirdi, ko’plab mumtoz, xalq va hozirgi zamon raqslarini sahnalashtirdi.

«Toshkent zangi», «Qo’qoncha doira raqsi», «Yor istab», «Tanovar-1, 2, 3», «Yangi tanovar», «Toshkent tanovari», «Farg’ona tanovari», «Namangan tanovari», «Qo’qon tanovari», «Adolat tanovari», «Eysarviravon» (maqom), «O’rik gullaganda», «O’zbekiston qizlari», «Navro’z raqsi», «O’zbek miniatyuralari», «Xamsa raqsi» (Zebunniso, Uvaysiy, Nodira, Dilshod, Zulfiya), «Xotira», «Ona qalbi» (kompozitsiya), «Barigal» (kompozitsiya), «Salom ayting», «Katta buxorcha», «Bisyor», «Olmacha anor», «So’zana», «Palak», «Paxta», M.Turg’unboevaga bag’ishlangan raqslar shular jumlasidandir.

Shuningdek, «Safti munojot», «Nasir segoh», «Siraxiroj», «Dilxiroj», «Ko’za raqsi» va arab, tunis, yapon, turk, koreyscha yakka raqslarni ham muvaffaqiyat bilan sahnalashtirdi.
Q.Mirkarimova Xitoy, Iroq, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Frantsiya, Italiya, Angola, Malta, Gvineya, Mozambik, Tunis, Shimoliy Koreya, Olmoniya, Avstriya, Polsha, Bolgariya, Chexoslavakiya, Vengriya, Yugoslaviya, Ruminiya, Laos, Meksika, Ispaniya, Argentina, Kanada, Kuba, Gretsiya, Angliya, Shotlandiya, Braziliya, Vetnam kabi xorijiy mamlakatlarda ijodiy safarlarda bo’lib, o’zbek raqs san’atining noyob durdonalarini namoyish etdi.

1964 yildan Toshkent xoreografiya bilim yurtida pedagoglik qilib, qator iste’dodli shogirdlar yetishtirdi.

O’zbekiston xalq artistlari O’g’iloy Muhamedova, Sveta Tursunova, Gavhar Aminova, Dilafro’z Jabborova, Qizlarxon Do’stmuhammedova, Malika Ahmedova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Gulchehra Jo’raeva, Zulayho Asomova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Yulduz Ismatova, Tojikistondagi «Zebo» ansamblining tashkilotchisi Zebo Aminzoda va boshqalar Q. Mirkarimovani o’zlarining ustozlari deb biladilar.

Qunduz Mirkarimova «O’zbekiston xalq artisti» (1966). va «Xalq artisti» (1984) unvonlari hamda Mukarrama Turg’unboeva mukofoti (1994) sohibasidir.

U 1997 yilda «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlangan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/mirkarimova_qunduz_
Sayt foyda berdi!
69139 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi