Radjab Adashev

Aktyor
Radjab Adashev
Tavallud sanasi:
15.06.1944

Adashev, Rajab Xalimovich (1944 yil 15 iyul Samarqand viloyatining Urgut tumanida tavallud topgan)—o‘zbek kino va teatr aktyori, O‘zbekiston xalq artisti.

Maktabni bitirgandan so‘ng Rajab Adashev qurilish tashkilotlarida ishladi va bo‘sh vaqtlarida Urgut xalq teatrida rollar o‘ynadi. 1964 yili u “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aktyoriga aylandi, 1970 yilda esa Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va sa’at institutini (aktyorlik fakulteti) tamomladi. O‘zining aktyorlik faoliyatida 60 dan ortiq filmlarda suratga tushdi.

Eng yaxshi erkak roli “Abdullajon, yoki Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi” filmi uchun mukofotlandi. O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti.

Filmografiya: “Natasha xonim” (1965), “G‘or sirlari” (1966), “Quyosh bilan ortga qayt” (1971), “Qo‘rquvsiz” (1971), “Semurg‘” (1972), “Xorazm afsonasi” (1978), ”Shaxsiy qo‘riqchi” (1979), “Alibobo va 40 qaroqchi” (1979), “Cho‘loq darvesh” (1986), “Abdullajon, yoki Stiven Spilbergga bag‘ishlanadi” (1991), “Kichkina tabib” (2000), “Alpomish” (2000), “Boyvochcha” (2007), “Yangi boy” (2008), “Dil payvandi” (2008), “Amakivachchalar” (2008), “Shatranj mamlakatidagi sarguzashtlar” (2008), “Qaldirg‘ochlar yana qaytadi” (2009), “Uylanish” (2009), “Chempionlik orzusi” (2009) va boshqalar.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/adashev_radjab_xalimovich
Sayt foyda berdi!
41794 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi