Rahim Pirmuhamedov

Aktyor
Rahim Pirmuhamedov
Tavallud sanasi:
20 dekabr 1896 yil
Vafot sanasi:
1 yanvar 1897 yil

Pirmuhamedov Rahim [1896.20.12 (1897.1.1) - Toshkent - 1972.16.2] -birinchi uzbek kinoaktyorlaridan. Oʻzbekiston xalq artisti (1948). Moskva o'zbek drama studiyasini tugatgan (1930). Ijodiy faoliyatini 1918 yil K. Marks nomidagi teatr truppasida boshlagan, keyinchalik Samarqand, Namangan teatrlarida ishlagan.

1924 yil Toshkentda utka-zilgan "kuldiruvchilar musobaqasi"ning gʻolibi boʻlgan. 1927 yildan kinoaktyor. Pirmuhamedov epizodik rollar ustasi sifatida tanilgan. U ovozsiz kino ("Masjid gumbazlari ostida"da Umarning doʻsti; "Soyabon arava"da Joʻraboy; "Ravot qashqirlari"da Akromxon, "Maxov qiz"da Saidmurod va boshqalar) davridanoq yetakchi kino aktyorlardan boʻlgan. Bu davrda u ovozsiz kinoning eng yaxshi anʼanalarini oʻzlashtirib, oʻzining keyingi faoliyati uchun muhim zamin tayyorlagan. Birinchi uzbek ovozli filmi "Qasam"da Rahim militsioner obrazini yaratdi.

Pirmuhamedov Rahim ijodida xalq teatri anʼanalari, zamonaviy sahna sanʼati yutuqlari va kino estetikasi madaniyatiga xos xususiyatlar uygʻunlasha borgan, u amir aygʻoqchisi ("Nasriddin Buxoroda"), Abulmalik ("Alisher Navoiy"), Abdulxayr ("Abu Ali ibn Sino"), karvonsaroy soqchisi, koʻsa ("Tohir va Zuhra"; "Nasriddinning sarguzashtlari") singari chuqur milliy, hayotiy obrazlar yaratdi.

Turli xil xattiharakatlar, oʻziga xos mimika va boshqa vositalar bilan obrazlariga satirik va yumoristik boʻyoq berib, ularni turli dramatik kulgili holatlarda namoyish etish Pirmuhamedov ijodiga xos. "Furqat" filmidagi qotil, "Oʻtkan kunlar"dagi Qushbegi, "Mahallada duv-duv gap"dagi Arslonbek, "Sen yetim emassan"dagi chipta nazoratchisi kabi salbiy obrazlar oʻzining toʻlaqonliligi, rang-barangligi, satirik boʻyoqlarga, milliy koloritga boyligi bilan ajralib turadi. Ibrohim oshpaz ("Gullar ochilganda"), Akmal qiziqchi ("Natashaxonim"), Vazir ("Ikki dil dostoni") kabi rollari uzbek kinosi zarvaraqlaridan oʻrin oldi. "Shiddat" filmidagi Mullaboy uning ijodidagi soʻngti obraz boʻldi. "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2003).

LL.Akbarov X., Rahim Pirmuhamedov, M., 1970; Teshaba yev Dj., Raxim Pirmuhamedov, T., 1970.

Manbaa: http://www.wikiwand.com/uz/Rahim_Pirmuhamedov
Sayt foyda berdi!
48802 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi