Birinchi o’zbek kinoakterlaridan bo’lgan Rahim Pirmuhamedov 1896 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1930 yilda Moskva o’zbek drama studiyasini tugatgan. Aktyorlik faoliyatini 1918 yilda o’zbek teatr truppasi (hozirgi Hamza nomidagi O’zbek Davlat akademik drama teatri) da boshlab, keyinchalik Samarqand, Namangan teatrlarida ishlagan.
1927 yildan Rahim Pirmuhamedov ovozsiz filmlarda bir necha rollarni ijro etib, rejissyor K. Gertelning «Ravot qashqirlari»da (1927) Akramxon, «Masjid gumbazlari ostida» (1928) Dehqon, O. Frelixning «Soyabon arava»sida (1928) Jo’raboy rollari orqali o’z mahoratini asta-sekin oshira bordi va birinchi o’zbek ovozli filmi A. Usoltsevning «Qasam»ida (1937) Rahim militsioner obrazini yaratdi.
Keyinchalik Ya. Protazanovning «Nasriddin Buxoroda»sida (1943) Amir ayg’oqchisi, N. G’anievning «Tohir va Zuhra»sida (1945) Karvonsaroy soqchioi, «Nasriddin sarguzashtlari»da Ko’sa kabi hayotiy obrazlar yaratdi.
R. Pirmuhamedov o’z ustida ishlab, tinmay izlandi. P. Ya. Protazanov, L. Sverdlin kabi yetuk aktyorlardan ijrochilik san’ati sirlarini qunt bilan o’rganish natijasi o’laroq K. Yormatovning «Alisher Navoiy»sida (1947) Abdulmalik, «Abu Ali ibn Sino»sida (1957) Abdulxayr, N. G’anievning «Farg’ona qizi»da (1948) Traktorchi polvon, 3. Sobitovning «Farzandlar»ida (1959) Ikrom kabi rang-barang obrazlarni yaratishga muyassar bo’ldi.
Aktyorning 60-yillarda yaratgan Yo’ldosh A’zamovning «Furqat»ida (1959) Qotil, «O’tgan kunlar»ida (1959) Qushbegi, Shuhrat Abbosovniing «Mahallada duv-duv gap»ida (1960) Arslonbek, «Sen yetim emassan»ida (1963) kinoteatr kontrolyori kabr salbiy obrazlar o’zining haqqoniyligi, to’laqonligi, satirik bo’yoqlarga boyligi va milliyligi bilan ajralib turadi.
R. Pirmuhamedov kinoda turli dunyoqarash va xarakterga ega bo’lgan 50 ga yaqin rang-barang obraz yaratib, o’zbek kino san’atiga o’z hissasini qo’shdi. San’atkor kinodramaturgiya sohasida ham ijod etib, «Devonai rostgo’y» stsenariysini yaratdi.
Taniqli o’zbek kinoaktyori R. Pirmuhamedovning sermazmun ijodi «O’zbekiston xalq artisti», «Xalq artisti» unvonlari va bir qator orden, medallar bilan munooib taqdirlangan. O’zbek kino san’atining ulkan arbobi R. Pirmuhamedov 1972 yilda Toshkent shahrida vafot etdi.
Ijodini ovozsiz kinoda boshlagan, «Nasriddin Buxoroda», «Tohir va Zuhra», «Nasriddin sarguzashtlari», «Alisher Navoiy», «Mahallada duv-duv gap» kabi badiiy filmlarda o’nlab o’lmas obrazlar yaratgan Rahim Pirmuhamedovning o’zbek kino san’ati taraqqiyotida xizmati katta.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.