Rahimboeva Qutlibeka

Rahimboeva Qutlibeka
Shoir
Tavallud sanasi:
1952 Fevral 9

Qutlibeka Rahimboyevaning «Yuragimda ko‘rganlarim» (1981), «Uzun kunduzlar» (1984), «Uyg‘onish fasli» (1989) kabi to‘plamlaridagi barcha she’rlarning lirik «men»i O‘zbekiston va o‘zbekning dardu quvonchlari aro kuyunib, suyunib yashayotgan armonli, g‘ururli, oriyatli shaxs. U, qullik, qaramlikka murosasiz, erk uchun kurashchi, o‘z millatiga sadoqati keng, kechirimli.

Tarjimai hol
1976 yil O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim Qutlibekaning ilk she’riy turkumiga «Saodat» jurnalida «oq yo‘l» tilab, yosh shoiraning mashqlarida jamiyatni anglashga, uni tahlil qilishga intilish ustuvor ekanligini qayd qilgan edi.
Qutlibeka Rahimboyeva 1994 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni, 1999 yilda esa «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

Qutlibeka Rahimboyeva «Tohirning Zuhrosi» nomli dramatik asar ham yozib tugatgan. U tarjimon sifatida Lesya Ukrainka, Mariya Svetayeva kabi shoiralarning asarlarini tarjima qilgan.
Shoiraning «Qishning oxirlari» dostonida «o‘zbeklar ishi» fojialari umumlashtirilgan bo‘lsa, «Tavba» dostonida umr bo‘yi ikki xil hayot kechirgan, ikki xil qiyofada yashab, jamiyat manfaatlari yo‘lida o‘zini qurbon qilgan majruh bir inson haqida, uning ruhiy azoblari-yu, fojiali taqdiri haqida bahs boradi.

1952 yil 9 fevralda Toshovuzda tug‘ilgan. Farg‘ona Davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan.
O‘rta maktabda, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida ishlagan. Ayni kunda «Saodat» jurnalida xizmat qiladi.

Qutlibeka Rahimboyeva 1994 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni, 1999 yilda esa «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.


Qutlibeka Rahimboyevaning «Qishning oxirlari» va «Tavba» dostonlari matbuotda e’lon qilingan. Keyingi yillarda uning respublika gazeta-jurnallarida «Hamma biladigan sir», «Sulton suyagini xor etmas», «Til uchidagi so‘z», «O‘zimiz haqida bir zum» kabi bugungi kun voqeligiga munosabat bildiruvchi, munozaraga chorlovchi publitsistik maqolalari e’lon qilindi.
So‘nggi yillarda yaratilgan bir qator she’riy turkumlari uchun u bir necha bor «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining, «Sharq yulduzi» jurnalining hamda Moskvada chop etiladigan «Smena» oynomasining mukofotini olgan.

Uning «Yuragimda ko‘rganlarim» (1981), «Uzun kunduzlar» (1984), «Uyg‘onish fasli» (1989) kabi to‘plamlaridagi barcha she’rlarning lirik «men»i O‘zbekiston va o‘zbekning dardu quvonchlari aro kuyunib, suyunib yashayotgan armonli, g‘ururli, oriyatli shaxs. U, qullik, qaramlikka murosasiz, erk uchun kurashchi, o‘z millatiga sadoqati keng, kechirimli.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/rahimboeva_qutlibeka