Shoir, dramaturg, tarjimon Ramz Bobojon 1936 yildan ijod qila boshlagan. Shoirning «Qadrdon do‘stlar» dostoni urush va undan keyingi davrdagi qardosh xalqlar do‘stligini ko‘rsatishga bag‘ishlangan. Ramz Bobojon 1987 yili «O‘zbekiston xalq shoiri» unvonini olishga sazovor bo‘lgan. Istiqlol davriga kelib «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.
Shoir, dramaturg, tarjimon Ramz Bobojon 1921 yil Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi. Ta’lim va tarbiya texnikumini tamom qilganidan keyin Toshkent Davlat pedagogika institutining til va adabiyot fakultetiga kirib o‘qidi.
1939-1948 yillarda yoshlar gazetasida dastlab bo‘lim boshlig‘i, so‘ng muharrir, O‘zbekiston Davlat nashriyoti va radio komitetda muharrir bo‘lib ishladi.
Respublika Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, kotib, «Vatan» jamiyati rahbari lavozimida faol mehnat qildi.
Shoirning «Qadrdon do‘stlar» dostoni urush va undan keyingi davrdagi qardosh xalqlar do‘stligini ko‘rsatishga bag‘ishlangan.
Dramaturgiyamiz taraqqiyotida ham Ramz Bobojonning o‘ziga yarasha xizmatlari bor.
Ramz Bobojonni adabiyot shinavandalari faqat shoir va dramaturg sifatida emas, balki tarjimon sifatida ham biladilar. U A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, A.A.Tvardovskiy va boshqa rus shoirlarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Ramz Bobojon 1987 yili «O‘zbekiston xalq shoiri» unvonini olishga sazovor bo‘lgan.
Istiqiol davriga kelib «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.
Faoliyati
Ramz Bobojon 1936 yildan ijod qila boshlagan. Shu vaqtgacha «She’rlar» (1939), «Hadya» (1940), «Oltin kamalak» (1949), «Vodiy bo‘ylab» (1949), «Tanlangan asarlar» (1958), «Sevgi sirlari» (1963), «Senga, sevgilim» (1969), «Birinchi parvoz» (1980), «Muhabbatga ta’zim» (1980) va «Sening mehring» (1996) kabi bir necha she’rlar to‘plamini va «Saylanma»larini nashr ettirdi. U 1961 yilda «Tog‘a va jiyanlar» komediyasini yaratdi. «Lo‘lilar» pesasi Moskva teatrlarida namoyish qilindi. Qoloq shaxslar keskin fosh etilgan «Insu jins yoki tirik murdalar» (1972) komediyasi ham muxlislar tomonidan iliq kutib olindi.
Dramaturgning, ayniqsa, «Yusuf va Zulayho» (1981) dramasi tomoshabinlar va keng kitobxonlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.