Rustam Azimov

Siyosatchi
Rustam Azimov
Tavallud sanasi:
20.09.1958

1958-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati - oʻzbek.

Oliy maʼlumotli. Toshkent Davlat Universitetini va Toshkent qishloq xo‘jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislik institutini tamomlagan.

Iqtisod fanlari nomzodi.

1982-1988 — yillarda Jizzax viloyati va Toshkent viloyati partiya tashkilotlarida turli ijroiya va rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1990-1991 — O‘zbekiston Respublikasi „Ipak yoʻli“ banki boshqaruv raisi. 1991-1998 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi. 1998-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri. 2000-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri. 2000-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri. 2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri. 2005-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri. 2008-yil 22-noyabrdan 2016-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari. 2016-yil 15-dekabrdan 2017-yil iyungacha - Bosh vazir oʻrinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari. Hozirda "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.

 

Manbaa: https://uz.wikipedia.org/wiki/Rustam_Azimov
Sayt foyda berdi!
42862 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi