DJ Anonim (Rustambek) 1986-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. O'zbekiston Milliy Universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Musiqiy-ko'ngilochar dasturlar boshlovchisi. Har bir narsadan yaxshilik va hikmat izlaydi. Hayotga optimistik nazar bilan qaraydigan ijodkor. Hayotdagi shiori - "Ertam bugungimdan yaxshiroq bo'ladi".
Radio sohasidagi faoliyatini 2001-yilda "Hamroh" radiosida boshlagan. Shuningdek hozirgi vaqtga qadar "Oriat Dono", "Sezam", "O'zbegim Taronasi" radiostansiyalarida ham faoliyat olib borgan. 2007 yildan shu paytgacha "Vodiy Sadosi" radiosida ijod qilmoqda. "Vodiy Sadosi" radiosida efirga uzatiladigan "Ucell to'lqinida" dasturi, "Meloman" loyihasi va "Globus" intellektual o'yining boshlovchisi.
Radiosiz hayotini tasavvur eta olmaydi va shu sohani tanlaganidan mamnun. Radiodan tashqari bastakorlik va qo'shiqlarga matn yozish bilan ham shug'ullanadi. Shu vaqtgacha o'zbek estradasininng yorqin yulduzlari Manzura, Yodgor Mirzajonov, Oybek va Nigora, Shoira Otabekova, Abduvali Rajabov, Munisa Rizayeva, Ziyoda va boshqalar bilan ijodiy hamkorlik qilgan.
Bo'sh vaqtini oilasi va do'stlari bilan o'tkazadi. Ba'zida ma'noga boy va insonni o'ylashga majbur qiladigan filmlar tomosha qilishni yaxshi ko'radi.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.