Mohir jurnalist, adib va tarjimon Sa’dulla Karomatov jamoat arbobi sifatida ham elga tanilgan edi. Unga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan. 1949 yilda O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgach, O‘zbekiston Radio komitetida ishladi.
Mohir jurnalist, adib va tarjimon Sa’dulla Karomatov 1928 yil Buxoroda tug‘ildi. O‘rta ma’lumotni ham shu yerda oldi. 1949 yilda O‘rta Osiyo Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgach, O‘zbekiston Radio komitetida ishladi.
U «O‘zbekiston ovozi», «Toshkent oqshomi» kabi gazetalarning muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi ham bo‘lgan. Sa’dulla Karomatovga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan.
Adib 1986 yilda vafot etgan.
Sa’dulla Karomatovning jurnalistik faoliyati 1954 yildan boshlandi. 60-yillarda u vaqtli matbuot sahifalarida ocherknavis sifatida ko‘rindi. 1963 yilda esa birinchi yirik nasriy asari - «Tog‘lar tabassumi» hujjatli qissasi maydonga keldi. So‘ng «Amuning zar kokillari», «Go‘zallik ramzi», «Kumush kamar» singari ocherklar to‘plamlari bosmadan chiqdi. Shundan so‘ng u mohir hikoyanavis va qissanavis sifatida qalam tebratib, «Bir tomchi qon», «E’tiqod» (1970) kabi qissalarini yaratdi. U so‘nggi yillarda geologlar hayotidan olib yozilgan «Oltin qum» va cho‘llarni o‘zlashtirayotganlarga bag‘ishlangan «So‘nggi barxan» romanlarini yaratdi.
Sa’dulla Karomatov mohir tarjimon sifatida ham barakali qalam tebratib keldi. U Jyul Vernning «Suv ostida 8000 mill», turkman yozuvchisi Qilich Quliyevning «Qora karvon» romanlarini, eron yozuvchilarining hikoyalar to‘plamini, tojik yozuvchisi Yusuf Akobirovning «Tegirmon to‘xtagach» qissasini, Vadim Kojevnikovning «Peshin chog‘i kungay tomonda» romanini o‘zbek tiliga o‘girgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.