Sayyor

Sayyor
Shoir, Yozuvchi
Tavallud sanasi:
1932 yil
Vafot sanasi:
2001 yil

Shoir Sayyor she’riyatida siyosiy lirika bilan birga muhabbat lirikasi muhim o‘rinni egallaydi. Uning she’riyati inson go‘zalligi, insoniy burch, vijdon va imon tushunchalarini badiiy sharhlashi bilan ajralib turadi. Sayyor (Sayyorpo‘lat Fayzullayev) toshkentlik, 1932 yilda tug‘ilgan. Ham shoir, ham nosir sifatida qalam tebratgan. Uning birinchi she’ri 1953 yilda e’lon qilingan.

Biografiya

«Qalb harorati» nomli birinchi kitobi 1960 yilda chop etilgan. Shundan keyin uning o‘zbek, rus va boshqa tillarda o‘ttizga yaqin she’riy va nasriy asarlari bosilib chiqqan. Sayyor shoira Gulchehra Jo‘rayevaning turmush hamrohi edi. Ularning to‘rt nafar farzandlari va qo‘sha-qo‘sha nabiralari bor.

Sayyor 2001 yilda vafot etgan.

Uning she’riyati inson go‘zalligi, insoniy burch, vijdon va imon tushunchalarini badiiy sharhlashi bilan ajralib turadi. Jumladan, «Boshsiz haykal» (1961), «Fidoyingman» (1962), «Qachon katta bo‘laman» (1965), «Bir kecha xayoli» (1965), «O‘ttiz yoshim» (1968), «Hulkar» (1969), «Parvona» (1970), «Dengizdan tomchilar» (1972), «Yillab kuyganim» (1973), «Musaffo fasl» (1978), «Bolg‘a zarbi» (1982), «Odam borki...» (1981), «Ancha katta bolaman» (1982), «Chorraha» (1985), «Umr qo‘shig‘i» (1986), «Halollik va faollik» (1989), «Uyqudagi tosh» (1989) kabi she’rlar, qissalar va bolalar uchun yozilgan asarlarini sanab o‘tish mumkin.

Shoirning «Halollik va faollik» nomli so‘nggi to‘plamiga kirgan ko‘pchilik she’rlari shu jihati bilan xarakterlidir. Ularda insonning Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi, haqgo‘ylik va rostgo‘ylik fazilatlari ulug‘lanadi.