Sevinch Mo'minova

Aktyor, Qo`shiqchi
Sevinch Mo'minova
Tavallud sanasi:
1982-yil 30-iyun

Sevinch Mo'minova 1982-yil 30-iyunda Farg'onada San'atkorlar oilasida dunyoga kelgan. 5-6 yoshidanoq Sevinch qoshiq kuylab hammani lol qoldirardi. Maktabni tugatgandan so'ng xonanda poytaxtimizdagi Mannon Uyg'ur nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining rejissura fakultetini tamomladi. "To'lin oy" ilk qo'shig'ini Sevinch "Navro'z" bayramida kuylaydi. Xonanda ijodi davomida 6 ta albom yaratdi. Bular, "To'lin oy", "Sog'indim", "Yuragim nolasi", "Yagonam", "Olib ket", "Sevasan meni" albomlaridir. Sevinch tez orada nafaqat O'zbekiston xududida, balki AQSh, Rossiya, Istambul, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg'iziston davlatlarida ham mashhurlikni qo'lga kiritdi. Faqat qo'shiq kuylabgina qolmasdan bir nechta filmlarda ham rol ijro etgan. Yusuf Roziqovning "Dilhiroj", Bahrom Yoqubovning "Baxt uchun million", "Tsunami", "Qish ertagi" filmlarda bosh rollar ijrochisi bo'lgan.

Manbaa: http://muz.uz/content/xonandalar/sevinch-mominova.html
Sayt foyda berdi!
41783 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi