Shahrizoda Ahrorxo'jayeva 1988-yil 21-yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topdi. Bog'cha davridayoq 4 yoshidan boshlab qo'shiq kuylab hammani lol qoldirib yurardi. Chunki u kichkina bo'lishiga qaramasdan ingliz xonandalari Uitni Xyuston va Meriah Keri qo'shiqlarini ingliz tilida bemalol kuylardi. Maktab yoshiga yetganda esa Shayxontohur tumanidagi fizika va matematika faniga ixtisoslashgan 180-maktabga bordi. Maktab bilan bir vaqtning o'zida 7-musiqa maktabining fortepiyano bo'limini a'lo baholarga tamomladi.
Maktabni tamomlagandan so'ng esa 2008-yil Respublika Davlat Konservatoriyasining "Estrada xonandalik" fakultetiga o'qishga kiradi. Ilk ijodini ham 2008-yil "Safar" guruhida "Yasharsan" qo'shig'i bilan boshlaydi. "Safar" guruhi solisti bo'lgan Shahrizoda esa o'z vaqtida O'zbekistonda birinchi ayol pop rok qo'shiqchi nomini oldi. 2010-yildan xonanda o'z uslubini o'zgartiradi.
U klub-xaus uslubida qo'shiq kuylaydi. Uning bu uslubdagi birinchi qo'shig'i "Men uchun" qo'shig'i bo'lgan, hamda ushbu tarona xit darajasiga yetdi. Xozirgi kungacha Shahirizodaning 10 ga yaqin qo'shiqlari, uchta klipi o'z muhlislariga ega bo'lgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.