Ahmedova Shahrizoda Farhodovna 28 aprel 1985 yilda Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Millati o'zbek, ma'lumoti o'rta mahsus. Xonandaning oilasi katta: ota-onasi, akasi, ikkita opasi hamda ota-onasining erka va kenja farzandi Shahrizoda (Kaniza). Shahrizoda 1992 yilda Qo'qon shahridagi 21-o'rta maktabining 1-sinfiga o'qishga borib, 2001 yilda shu maktabning 9-sinfini tamomlagan.
2001 yilda Toshkent shahridagi "Benkov" nomidagi O'zbekiston Respublikasi rassomchilik kollejining Milliy liboslar dizayni fakultetiga o'qishga kirib 2004 yilda model'er-dizayner dizayner diplomini qo'lga kiritdi.
O'qishni tugatgach musiqaga qiziqishni boshlagan va 2006 yildan buyon yakkaxon tarzda o'z ijodini boshlagan. Bobosi - O'zbekiston xalq artisti Murodjon Ahmedovni turmush o'rtog'i, ya'ni buvisi Kanizaxonni ismlarini o'ziga tahallus qilib olgan. Kaniza - tojikcha ism bo'lib, jasur, dovyurak, shaddod qiz ma'nosini anglatadi. 2007 yildan buyon O'zbekiston Yoshlar ijodiyot uyining boshlang'ich guruh rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. 2009 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yosh iste'dodlar uchun ta'sis etilgan "Nihol" mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari o'zini aktrisa sifati sinab, "Sehrli uzuk" musiqiy filmida Farangiz ismli qizni rolini ijro etgan.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.