Ziyovuddinxon bolalik davrlaridanoq qiblagohlarining shogird- larga bergan darslarini ko‘rib ulg‘aydilar. Keyinroq «Tilla Shayx» masjidining imom-xatibi Hakim qoridan qiroatdan dars olib, o‘n ikki yoshlarida Qur’onni tamomila yod oldilar. 1920 yili Ko‘kaldosh madrasasiga o‘qishga kirib, u yerda ustozlari Jamolxo‘ja domladan hadis ilmidan Xatib Tabriziyning «Mishkotul masobih» va Hasan Hazratdan «Jalolayn» tafsirini, asli suriyalik atoqli olim Muhammad ibn Said ibn Abdulvohid al-Asaliy ash-Shomiy at-Tarablusiydan Imom
Buxoriyning «Jome’us sahih» kitobini dars olganlar. 1945 yili otalari Eshon Boboxon bilan birga haj safariga borganlar. 1947-1948 yillari Qohiradagi Al-Azhar universitetining shayxlaridan Abdulloh Fuqqoiy va Hofiz Tiyjoniylardan dars olib, so‘ngra Makka va Madina shaharlarida bilimlarini yanada chuqurlashtirib kelganlar.
1948 yili ikkinchi kurultoyda diniy nazorat raisining o‘rinbosari etib saylandilar. 1957 yilgi uchinchi qurultoyda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining raisi etib saylandilar va bu zotga «Besh jumxuriyat muftiysi» unvoni berildi.
Hazratning tashabbuslari bilan 1961 yili diniy boshqarma qoshida Xalqaro aloqalar bo‘limi tashkil etildi va to‘rt tilda «Sovet Sharqi musulmonlari» nomli jurnal chop etila boshlandi, 1971 yili Toshkentda Imom Buxoriy nomida Oliy ma’had (Islom instituti) ochildi. 1957, 1960,1968 yillari Sovet Ittifoqi hududida Qur’oni karimning chop etilishiga rahbarlik qilganlar.
Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxonning Islom olamida obro‘- e’tiborlari yuksak edi. Ular Jahon, Sovet Ittifoqi va O‘zbekiston Tinchlik kengashlari, Jahon Oliy Islom kengashi, Masjidlar bo‘yicha Jahon Oliy kengashi, Islom Oliy kongressi, Osiyo va Afrika xalqlari birdamligi kabi tashkilotlarga a’zo bo‘lganlar.
Islom dinining targiboti yo‘lida ko‘rsatgan katta xizmatlari uchun muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon ikki marotaba birinchi darajali «Iordaniya yulduzi» ordeni, «Iordaniya yulduzi» ko‘krak nishoni, birinchi darajali «Livan kedri» ordeni, Marokashning oliy darajali «Buyuk mutafakkir» ordeni, «Livan yulduzi» ordeni, Sovet Ittifoqi hukumatining «Xalqlar do‘stligi» ordeni bilan taqdirlanganlar.
Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon 1982 yili vafotlaridan keyin O‘zbekiston hukumatining ruxsati bilan Qaffol Shoshiy maqbarasi orqa tomoniga - otalarining yonlariga dafn etilganlar.
Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.
Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.
Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!
TVinfo.uz — Bugun, ertaga, keyingi hafta uchun toʻliq teledasturlar.
Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).
Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.
O‘zbekcha telegram kanallarning eng katta katalogi. Faqat faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.