Sherzod Davronov

Qo`shiqchi
Sherzod Davronov
Tavallud sanasi:
1978-yil 27-noyabr

Sherzod Davronov 1978-yil 27-noyabr kuni Navoiy viloyatida san'atkorlar oilasida tavallud topdi. U Navoiy viloyatidagi Nodirabegim nomidagi 7-maktabga boradi. Maktab bilan bir vaqtning o'zida Xamza nomidagi musiqa maktabida akardeon yo'nalishi bo'yicha tahsil oladi. Xonanda maktab vaqtidayoq tuman va maktablar aro o'tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etib, fahrli o'rinlarni egallab keladi. Maktabni tugatgandan so'ng esa Toshkent Davlat Madaniyat institutining "Ijtimoiy madaniy faoliyat" fakultetiga o'qishga kiradi.

U ilk ijodini 2000-yil O'zbekiston kanalida namoyish etiladigan "Kelin kuyov" shou dasturida "Ey yoru jonim" qo'shig'i bilan chiqadi. Sherzod Davronovning "Yolg'izim", "Sensan" va "Sen lazgiga o'ynaganda" qo'shiqlari xit taronalar pog'onasidan joy oladi.

Hozirgi kunda xonanda 50dan ortiq qo'shiqlarini, 15dan oshiq klipini va "Yolg'izim", "Sensan", "Olib ketay", "Beg'ubor orzular" albomlarini o'z muhlislariga havola etdi. Sherzod Davronov 2004-yildan boshlab har yili bahor oyida an'anaviy tarzda Navoiy shahrida 10 kunlik konsert dasturini namoyish etib keladi.

Toshkent shahrida ham 2005-yil rus akademik drama teatrida ham "Qo'shiqlarim sizga arg'umon" nomli 10 kunlik konsert dasturini muhlislar e'tiboriga havola etdi. Xonanda barcha qo'shiqlarini fonogrammada emas, balki jonli ijro etadi. Bu inson nafaqat qo'shiq kuylaydi, balki badiiy filmda ham suratga tushgan. 2010-yil O'zbekiston teleradiokompaniyasi orqali namoyish etilgan "Beg'ubor orzular" deb nomlangan milliy teleserialda bosh rolni ijro etdi. Hozirgi kunda xonanda shoirlar Ibroxim Jiyanov, Bobur Bobomurod, Mahmud Toirov, kompozitorlardan Doni Ilyosov, Shuhrat Zokirov, Akrom Ibodullayev, Rustam Mahmudov va Jamshid Xolmurodovlar bilan birgalikda ijod qilmoqda.

Manbaa: http://muz.uz/content/xonandalar/sherzod-davronov.html
Sayt foyda berdi!
81943 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi