Shoira Otabekova

Qo`shiqchi
Shoira Otabekova
Tavallud sanasi:
18.11.1980

Chayon burji ostida tavallud topgan Shoira Otabekova bolaligidan qo'shiq kuylashga juda ham qiziqar edi. U san'at sohasida bir muncha faoliyat yuritgan buvisi Fazilatxon aya Otabekovadan san'at sohasidan saboq ola boshladi. 4-sinfdan esa musiqa maktabiga ham borib san'at, musiqa sirlarini mukammal o'rgana boshlagan.

Shoira Otabekova ilk ijodini esa 1998-yil "Muhabbat qasri" qo'shig'i bilan boshladi. Xonandaning "Muhabbat qasri", "Dilim uzra", "Alamli" va "Yurak" qo'shiqlari xit taronalat o'rnidan joy oldi. Hozirgi kunda xonanda 70dan ortiq qo'shiqlarini, 25ga yaqin shu qo'shiqlarga klip ham olingan. Uning "Dilim uzra", "Seni sog'indim", "Leyli", "Bir o'zing", "O yurak" va "Mening baxtim" albomlarini o'z muhlislariga hadya etgan.

Shoira Otabekova bir qancha mukofotlarga ham sazovor bo'lgan. "Tarona-2004"da Abduvali Rajabov bilan ijro etgan dueti uchun "Yil qo'shig'i" nominatsiyasini qo'lga kiritdi. "Tarona-2005"da esa "Estradamiz umidi" nominatsiyasini qo'lga kiritadi. 2005-yilda xonanda "Yangi yil parisi" filmida ham suratga tushadi.

Manbaa: http://muz.uz/content/xonandalar/shoira-otabekova.html
Sayt foyda berdi!
49068 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2023
Obuna va GoodGroup loyihasi